Isitish mavsumida ehtiyojmand oilalarga to‘langan kompensatsiya miqdori ma’lum qilindi

Бугун 10:251 дақиқа

O‘zbekistonda isitish mavsumida kompensatsiya olish uchun ehtiyojmand oilalardan 1,7 millionga yaqin ariza kelib tushgan.

Isitish mavsumida ehtiyojmand oilalarga to‘langan kompensatsiya miqdori ma’lum qilindi © smartpress.by

O‘zbekistonda isitish mavsumi davomida aholining ehtiyojmand qatlamini qo‘llab-quvvatlash maqsadida elektr energiyasi va tabiiy gaz iste’moli uchun 73,7 mlrd so‘m miqdorida mablag‘ ajratilib, oilalarning kommunal xarajatlarini yengillashtirishga qaratildi. Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi ma’lum qildi.

Ushbu mexanizm PQ-134-son qarori asosida joriy etilgan bo‘lib, unga ko‘ra isitish mavsumida belgilangan bazaviy me’yordan ortiq sarflangan elektr energiyasi va gaz uchun narxlar o‘rtasidagi farq davlat tomonidan qoplab beriladi.

Aholidan kelgan arizalar

Tahlillarga ko‘ra, kompensatsiya olish uchun ehtiyojmand oilalardan 1,3 milliondan ortiq ariza kelib tushgan. Elektr energiyasi iste’moli bo‘yicha arizalarning 64,9 foizi 200 kWgacha bo‘lgan ijtimoiy me’yor doirasida, 19,7 foizi 200–350 kW oralig‘ida, 15,4 foizi esa 350 kWdan yuqori iste’mol qilgan oilalarga to‘g‘ri keladi.

Tabiiy gaz bo‘yicha esa 362,8 ming oila ma’lumotlari o‘rganildi. Ularning 79,4 foizi 500 metr kubgacha bo‘lgan ijtimoiy me’yor doirasida, 14 foizi 500–700 metr kub oralig‘ida, 6,6 foizi esa 700 metr kubdan ortiq gaz sarflagan.

Mazkur dastur aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish va energiya xarajatlari bosimini kamaytirishga xizmat qilmoqda. Qarorga muvofiq, kompensatsiya to‘lovlari 2027 yil 1-aprelga qadar davom ettiriladi.

Теглар

Мавзуга оид