Logo

Jahongir Ortiqxo‘jayev «Paxtakor»ni moliyalashtirishni to‘xtatmoqchi

Бугун 12:551 дақиқа

Hozircha klubning hamkorlik to‘xtatilganidan keyingi boshqaruv modeli va moliyalashtirish manbalari haqida rasmiy ma’lumot berilmagan.

Jahongir Ortiqxo‘jayev «Paxtakor»ni moliyalashtirishni to‘xtatmoqchi

Toshkent shahrining sobiq hokimi, tadbirkor Jahongir Ortiqxo‘jayev «Paxtakor» futbol klubi bilan hamkorlikni to‘xtatishini ma’lum qildi. Bu haqda klub xodimlari ma’lumotiga tayanib, futbol mutaxassisi Alisher Nikimbayev o‘zining Telegram kanalida xabar berdi.

Klub xodimlarining aytishicha, bu qaror ularga 24-avgust kuni ma’lum qilingan. Nikimbayevning yozishicha, Ortiqxo‘jayevning «Paxtakor»dan ketishi kutilgan voqea bo‘lgan, ammo qarorning bunchalik tez qabul qilinishi kutilmagan.

Ayni paytda hamkorlik to‘xtatilganidan keyin klubning keyingi rejalari qanday bo‘lishi noma’lumligicha qolmoqda.

Ma’lumot uchun, «Paxtakor»ning Osiyo Elit Chempionlar ligasidagi ilk uchrashuviga uch haftaga yaqin vaqt qolgan. Jamoa musobaqani Saudiya Arabistonining «Al-Ahli» klubiga qarshi o‘yin bilan boshlaydi. Uchrashuv joriy yilning 14-sentabr kuni Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Bunyodkor» futbol klubidagi og‘ir moliyaviy holat sabab Superliganing 15-turida «Qizilqum»ga qarshi Navoiyda o‘tishi kerak bo‘lgan uchrashuvga bora olmasligini Professional futbol ligasiga rasman ma’lum qilgan edi. Shundan so‘ng klubga davlat tomonidan 5 milliard so‘m mablag‘ ajratilgan.

Теглар

Мавзуга оид