Javohir Sindorov «Sinquefield Cup-2026» turnirida qancha ishlab topdi?
Musobaqaning umumiy mukofot jamg‘armasi 475 ming 685 dollarga teng. Kuchli uchlikdan joy olgan o‘zbekistonlik grossmeyster chempiondan 1,77 barobar kam pulni qo‘lga kiritdi.
© chess.comAQSHning Sent-Luis shahrida shaxmat bo‘yicha o‘tkazilgan «Sinquefield Cup-2026» turnirida o‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindorov kuchli uchlikdan joy olib, bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
«Grand Chess Tour» seriyasining hal qiluvchi bosqichi sanalgan mazkur musobaqaning so‘nggi 9-turida Sindorov qora donalarda amerikalik Uesli So bilan kuch sinashdi. Qiziqarli va teng kurashlar ostida o‘tgan uchrashuvning 44-yurish holatidagi tenglik tufayli bahsda murosa yo‘li tanlandi.
Shuningdek, sovrinli o‘rinlar masalasini hal etadigan oxirgi kungi partiyalarning barchasida durang natija qayd etilishi ortidan AQSH vakili Uesli So va hindistonlik Rameshbabu Pragnanandha tay-breykda to‘qnash keladigan bo‘ldi. Hal qiluvchi armageddon o‘yinida esa Soning qo‘li baland keldi. U 103 ming 125 dollar, Rameshbabu 100 ming 937 dollar, Keymer 65 ming 937 dollar pul mukofotini qo‘lga kiritdi. Umumiy mukofot jamg‘armasi 475 ming 685 dollarni tashkil etgan ushbu musobaqada Sindorov 58 ming 125 dollar ishlab topdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Javohir Sindorov «Saint Louis Rapid & Blitz» turnirida qancha ishlab topgani haqida yozgan edik.