JCH-2026. Ispaniya Urugvayni guruhda qoldirib ketdi, debyutant Kabo-Verde pley-offda
530 ming aholisi bor debyutant tarix yozishda davom etmoqda. Endi jamoa keyingi bosqichda amaldagi chempionga qarshi o‘ynaydi.

Jahon chempionatida H guruhida so‘nggi tur bahslari bo‘lib o‘tdi.
Ispaniya (7) Urugvayni (2) minimal hisobda mag‘lubiyatga uchratib, 1-o‘rin bilan 1/16 finalga yo‘l oldi. Lotin Amerikasi jamoasi esa uyiga qaytadigan bo‘ldi.
530 ming atrofida aholisi bo‘lgan Kabo-Verde (3) tarix yozishda davom etmoqda. Afrika jamoasi Saudiya Arabistoni (2) bilan golsiz durang qayd etib, 2-o‘rin bilan pley-offga chiqdi va keyingi bosqichda amaldagi jahon chempioni Argentinaga qarshi o‘ynaydigan bo‘ldi. Kabo-Verde guruhdagi barcha 3 ta bahsda ham durangga erishdi.
JCH-2026. H guruhi. 3-tur. 26-iyun
Urugvay — Ispaniya 0:1
Gol: Baena (42).
Urugvay — Muslera, Varela, Kaseres, Olivera, Sanabria (Rodriges, 70), Ugarte (de la Kruz, 45), Bentankur, Valverde (Vinas, 57), Kanobbio, Araujo, Nunes.
Ispaniya — Simon, Lorente, Kubarsi, Laport, Kukurelya, Merino (Olmo, 60), Rodri, Pedri (Ruis, 60), Yamal (Uilyams, 76), Baena (Pino, 66), Oyarsabal (Torrs, 76).
Ogohlantirishlar: Baena (46), Sanabria (54), Varela (58), de la Kruz (90+3).
Chetlatish: Kanobbio (90+5).
Kabo-Verde — Saudiya Arabistoni 0:0
Kabo-Verde — Vozinya, Pina (Moreyra, 90+4), Lopes, Borxes, Paulo, Lenini, Mendesh (Rodriges, 71), D.Duarte, Monteyro (L.Duarte, 71), Semedo (Varela, 61), Livramento (da Koshta, 61).
Saudiya Arabistoni — Al Ovays, Abdulhamid, Al Amri, At Tambakti (Lajami, 33), Bushal (Al Harbi, 82), Madash (Al Hamdan, 66), Nosir Ad Dovsari, Al Haybari (Al Juvayr, 46), Salim Al Dovsari (Ash Shamat, 66), Kanno, Al Buraykan.
Ogohlantirishlar: Abdulhamid (4), Pina (8), Nosir Ad Dovsari (67), Alburaykan (90+3).

Futbol bo‘yicha Jahon chempionati 2026
JCH-2026 o‘yinlariga oid barcha xabarlar bitta havolada.





