Logo

JCH-2026 oltinchi kunida tarixiy rekord o‘rnatildi

Кеча 21:201 дақиқа

Argentina, Fransiya va Norvegiya ishtirokidagi bahslar o‘tkazilgan kun Jahon chempionati tarixidan alohida o‘rin oldi.

JCH-2026 oltinchi kunida tarixiy rekord o‘rnatildi

Xalqaro futbol federatsiyasi 16-iyun kuni Jahon chempionati o‘yinlariga tashrif buyurgan muxlislar soni bo‘yicha yangi rekord o‘rnatilganini ma’lum qildi.

Federatsiyaga ko‘ra, shu kuni turnir uchrashuvlarini jami 281 ming nafar tomoshabin stadionlarda kuzatgan.

Rekord oltinchi kunda yangilandi

Bu ko‘rsatkich Jahon chempionatlari tarixida bir kun ichida qayd etilgan eng yuqori natija hisoblanadi. Rekord musobaqaning oltinchi kunida, AQSHning bir nechta shaharlarida guruh bosqichi uchrashuvlari o‘tkazilgan paytda o‘rnatildi.

Jumladan, Kanzas-Siti shahrida Argentina Jazoirni 3:0 hisobida mag‘lub etgan bo‘lsa, Foksboroda Norvegiya Iroq ustidan 4:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Shuningdek, Ist-Ruterfordda Fransiya Senegalni 3:1 hisobida yenggan. Kanzas-Sitida o‘tgan yana bir bahsda Avstriya Iordaniyani 3:1 hisobida mag‘lub etdi.

FIFA rekord darajadagi tomoshabinlar tashrifini futbolning global jozibasi bilan izohladi. Federatsiya muxlislarga turnirda yaratayotgan muhit, hissiyot va qo‘llab-quvvatlov uchun minnatdorlik bildirdi.

Avvalroq tashkilot musobaqaning dastlabki besh kuni — 11-iyundan 15-iyungacha bo‘lgan davrda stadionlarga kelgan tomoshabinlar soni 1 milliondan oshganini ma’lum qilgan edi.

Yangi format

Joriy Jahon chempionati tarixda ilk bor 48 ta milliy terma jamoa ishtirokida o‘tkazilmoqda. Turnir bir vaqtning o‘zida uch davlat — AQSH, Kanada va Meksika hududida tashkil etilgan.

FIFA yangi format musobaqaga bo‘lgan qiziqishni oshirishini ta’kidlab kelmoqda. Hozircha tomoshabinlar ko‘rsatkichlari bu prognozlarni tasdiqlamoqda.

Теглар

Мавзуга оид