Logo

JCH-2026 saralashi. Janubiy Koreya kutilmaganda JARga yutqazib qo‘ydi, Meksikada 100 foizlik ko‘rsatkich

Бугун 08:051 дақиқа

Ikkinchi yo‘llanmani afrikaliklarga topshirgan koreyslar endi qolgan guruhlardagi 3-o‘rin egalarining natijalarini kutadi.

JCH-2026 saralashi. Janubiy Koreya kutilmaganda JARga yutqazib qo‘ydi, Meksikada 100 foizlik ko‘rsatkich

Jahon chempionatida A guruhida ham so‘nggi tur bahslari bo‘lib o‘tdi.

Muyudatidan avval pley-off masalasini hal qilgan Meksika (9) Chexiyani (1) yirik hisobda mag‘lub etib, 100 foizlik natija bilan pley-offga chiqdi.

Janubiy Koreya (3) kutilmaganda JARga (4) yutqazib, ikkinchi yo‘llanmani raqibga afrikaliklarga topshirdi. Endi koreyslar eng yaxshi 3-o‘rin egalari qatoriga kirish uchun qolgan guruhlardagi natijalarni kutishadi.

Osiyo jamoasining mag‘lubiyati B guruhida 3-o‘rinni egallagan Bosniya va Hersegovinaga (4) pley-off yo‘llanmasini keltirdi. Ya’ni bosniyaliklar endi eng yaxshi 3-o‘rin egalari qatoriga kirishi aniq.

JCH-2026. A guruhi. 3-tur. 24-iyun
JAR — Janubiy Koreya 1:0
Gol:
Maseko (63).
JAR — Uilyams, Mudau, Okon, Mbokazi, Modiba, Mbatha, Sitole, Maseko (Rayners, 75), Mofokeng (Adams, 80), Appolis (Moremi, 62), Makgopa.
Janubiy Koreya — Kim Sinn Gyu, Li Hon Beom, Kim Min Chje (Park Jin Seob, 66), Li Hyun Guk, Seul Yung Vu, Sin Ho Bek (Kim Jin Gyu, 46), Hvan In Bom, Li Tae Sok (Kastrop, 46), Li Kang In, Hvan Hi Chan (Son Hyon Min, 46), O Hyon Gyu (Cho He Son, 74).
Ogohlantirishlar: Modiba (73), Cho He Son (79).

Chexiya — Meksika 0:3
Gollar:
Chaves (55), Kinones (61), Figaldo (90+4).
Chexiya — Kovar, Xolesh (Souchek 64, Soyka 87), Hranats, Kreychiy, Soufal, Cherv (Xori, 87), Sadilek, Dudera, Shuls, Visinski (Provod, 56), Glojek (Shik, 64).
Meksika — Ranxel (Ochoa, 78), Sanches, Montes, Fernandes, Chaves (Galyardo, 78), Mora (Figaldo, 72), Alvares, Romo (Vargas, 63), Alvarado, Kinones, Ayyala (S.Ximenes, 63).
Ogohlantirish: Alvares (64).

Россия - Украина уруши

Futbol bo‘yicha Jahon chempionati 2026

JCH-2026 o‘yinlariga oid barcha xabarlar bitta havolada.

Мавзуга оид