Logo

Kelishuvlarni investitsiyalar, zamonaviy korxonalar va yangi ish o‘rinlariga aylantirishimiz kerak — Saida Mirziyoyeva

Бугун 11:151 дақиқа

Shavkat Mirziyoyev va AQSH davlat kotibi Marko Rubio ishtirokida Amerika–O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashining yig‘ilishi o‘tkazildi. Administratsiya rahbari Saida Mirziyoyeva AQSH bilan hamkorlikda endi asosiy e’tibor kelishuvlarni amaliyotga tatbiq etishga qaratilishini ta’kidladi.

Kelishuvlarni investitsiyalar, zamonaviy korxonalar va yangi ish o‘rinlariga aylantirishimiz kerak — Saida Mirziyoyeva © Saida Mirziyoyeva Telegram kanali

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va AQSH davlat kotibi Marko Rubio ishtirokida Amerika–O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda yuzdan ortiq kompaniya vakillari qatnashdi.

Tadbirda ikki mamlakat o‘rtasida sarmoya kiritish, biznesni rivojlantirish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Kengashning tashkil etilishi O‘zbekiston va AQSH o‘rtasidagi sheriklikni kengaytirish uchun yangi imkoniyatlar ochishini ta’kidladi. U bildirilgan ishonch uchun O‘zbekiston prezidentiga minnatdorlik izhor qildi.

Shuningdek, Mirziyoyeva mazkur tashabbusni qo‘llab-quvvatlagani va O‘zbekiston bilan hamkorlikni rivojlantirishga tayyorligi uchun AQSH davlat kotibi Marko Rubio, uning rafiqasi Janett hamda Serjio Gorga minnatdorlik bildirdi.

«Endi oldimizdagi asosiy vazifa — erishilgan ushbu kelishuvlarni aniq amaliy natijalarga, ya’ni investitsiyalar, zamonaviy korxonalar va yangi ish o‘rinlariga aylantirishdir. AQSH bilan hamkorlikni rivojlantirishdan ko‘zlagan maqsadimiz ham shu», — dedi Saida Mirziyoyeva.

Теглар

Мавзуга оид