Kredit stavkalari yangilandi: qaysi bank arzon?

Бугун 10:252 дақиқа

Markaziy bank 2026 yil 20-aprel holatiga ko‘ra, tijorat banklari tomonidan aholiga ajratilgan mikroqarz va avtokreditlar bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkalarini e’lon qildi.

Kredit stavkalari yangilandi: qaysi bank arzon? © vaqt.uz

Markaziy bank 2026 yil 20-aprel holatiga ko‘ra, tijorat banklari tomonidan aholiga ajratilayotgan mikrokredit va avtokreditlar bo‘yicha yangi hafta foiz stavkalarini e’lon qildi. Unga ko‘ra, mikrokreditlar bo‘yicha o‘rtacha stavka 29,1 foizni, avtokreditlar bo‘yicha esa 22,8 foizni tashkil etgan.

Yangi haftada ham kredit stavkalari yuqori darajada saqlanib qolmoqda. Ayrim banklarda pasayish kuzatilgan bo‘lsa-da, umumiy segmentda farq sezilarli darajada saqlanmoqda. O‘tgan haftada mikrokreditlar bo‘yicha o‘rtacha stavka 29,1 foizni, avtokreditlar bo‘yicha esa 22,7 foizni tashkil etgan edi.

Mikrokreditlar

Mikrokreditlar segmentida eng past stavka 24,1 foiz bilan «Aloqabnk»da qayd etildi. Undan keyin «Milliy bank» 24,2 foiz va «Infinbank» 24,3 foiz bilan nisbatan maqbul takliflar bermoqda. «Trastbank» (24,7 foiz) va «Kapitalbank» (24,8 foiz) ham shu guruhda joy olgan.

mik

Manba: Markaziy bank

O‘rta segmentda stavkalar asosan 25–27 foiz oralig‘ida shakllangan. Jumladan, «BRB» 25,0 foiz, «OFB» 26,0 foiz, «Asakabank» va «Ziraat bank» 26,3 foizdan, «Mikrokreditbank» va «Agrobank» 26,6 foizdan kredit ajratmoqda. «Xalq banki» (26,8 foiz), «SQB» (27,1 foiz) va «Turonbank» (27,4 foiz)da ham shu atrofdagi stavkalar saqlanmoqda.

Yuqori segmentda esa farq ancha katta. «Asia Alliance bank»da 27,7 foiz, «Poytaxtbank»da 29,8 foiz, «Apex bank»da 30,1 foiz va «Garant bank»da 30,3 foizlik stavkalar kuzatildi. Eng yuqori stavkalar «Ipak Yo‘li bank» (34,8 foiz), «TBC bank» (34,6 foiz), «AVO bank» (39,9 foiz), «Anorbank» (40,4 foiz) va «Tengebank»da (42,7 foiz) qayd etildi.

Avtokreditlar

Avtokreditlar bozorida eng past stavka 18,5 foiz bilan «Infinbank»da kuzatildi. Shuningdek, «BRB» 18,7 foiz, «Davrbank» 19,6 foiz va «SQB» 21,5 foiz stavka bilan nisbatan arzon kredit taklif qilmoqda. «Ipotekabank» ham 21,6 foiz bilan past segmentda qolmoqda.

avt

Manba: Markaziy bank

O‘rta segmentda stavkalar 23–25 foiz oralig‘ida shakllangan. Xususan, «OFB» 23,4 foiz, «Aloqabank» 23,5 foiz, «Xalq banki» 23,6 foiz va «Milliy bank» 23,8 foiz stavka bilan kredit ajratmoqda. Shuningdek, «Ipak Yo‘li banki» (24,0 foiz), «Hamkorbank» (24,1 foiz), «Agrobank» (24,4 foiz) va «Asakabank» (24,8 foiz) takliflari ham shu diapazonda.

Yuqori segmentda esa stavkalar 25 foizdan yuqori. «Turonbank» 25,1 foiz, «Asia Alliance bank» 25,4 foiz, «Trastbank» 25,6 foiz va «Ziraat bank» 26,0 foiz stavka bilan avtokredit taqdim etmoqda. Eng yuqori ko‘rsatkich «Madad Invest bank»da — 27,9 foiz.

Теглар

Мавзуга оид