Martdagi qimmatchilik: bozordagi narx-navo qanday o‘zgardi?
Martda inflatsiya sekinlashdi, ammo oziq-ovqat va kommunal xizmatlar qimmatlashdi, benzin va propan esa arzonlashdi. Vaqt.uz qimmatlagan mahsulotlar ro‘yxatini keltiradi.
© SI asosida yaratilganStatistika qo‘mitasi ma’lum qilishicha, O‘zbekistonda mart yakuni bilan oylik inflatsiya 0,6 foizga sekinlashgan. Bu dekabrdan beri qayd qilingan eng yuqori ko‘rsatkich. Yillik hisobda narxlar o‘sishi bir oy avvalgi 7,3 foizdan 7,1 foizgacha sekinlashdi.
O‘tgan yili mart oyida yillik inflatsiya 10,3 foizni tashkil qilgan edi.
Oy davomida oziq-ovqatlar narxlarining 1,2 foiz oshishi kuzatilgan. Bu dekabr oyidan buyon eng yuqori ko‘rsatkich. Nooziq-ovqatlar inflatsiyasi 0,3 foiz, xizmatlar inflatsiyasi 0,2 foizni tashkil etgan.
Martda eng tez qimmatlagan mahsulotlar qaysilar?
Iqtisodchi Otabek Bakirov tahliliga ko‘ra, mart oyida rekord darajada qimmatlagan TOP 10 mahsulotning barchasi oziq-ovqatlardan iborat.
№ | Tovar va xizmatlar | O‘tgan oyga nisbatan o‘zgarish |
1 | Yangi uzilgan pomidor | 11,5 |
2 | Yangi uzilgan bulg‘or qalampiri | 10 |
3 | Kartoshka | 9,8 |
4 | Qovoq | 9,4 |
5 | Olma | 7,4 |
6 | Banan | 6 |
7 | Yangi uzilgan tarvuz | 5,8 |
8 | Shaftoli | 5,7 |
9 | Yangi uzilgan qovun | 5,7 |
10 | Yangi uzilgan xurmo | 5,7 |
Bundan tashqari, oziq-ovqat mahsulotlari orasida go‘sht mahsulotlari ham keskin qimmatladi. Bir oy ichida mol go‘shti narxi 10 foizgacha, qo‘y go‘shti esa 2,4 foizgacha oshgan. Vaqt.uz buning sabablarini o‘rganib, bozordagi real narxlar va rasmiy ma’lumotlarni tahlil qildi.
Bundan tashqari, tuxum 2,1 foizga (yil davomida 17 foizga), baliq 1,7 foizga (yil davomida 5,3 foizga), shakar 1,7 foizga (yil davomida 0,8 foizga) qimmatlashgan. O‘simlik yog‘i 0,9 foizga, un narxi 0,6 foizga, sut narxi 0,3 foizga ko‘tarildi.
Shunga qaramasdan, ayrim mahsulotlar arzonlashdi. Xususan, guruch va guruch mahsulotlari biroz pasaygan bo‘lsa, parranda go‘shti ham arzonladi. Sabzavotlar orasida esa eng katta arzonlashish bodringda kuzatilib, uning narxi 20,7 foizga pasaydi. Piyoz va sabzida ham arzonlashish bo‘ldi.

Manba: Mirkonomika
Meva-sabzavotlar ichida eng katta o‘sish pomidor (+11,5 foiz), bulg‘or qalampiri (+10 foiz) va kartoshkada (+9,8 foiz) kuzatildi. Qovoq, olma va banan narxlari ham sezilarli darajada oshdi.
Umuman olganda, mart oyida narxlarning o‘sishiga havoning sovuq kelishi va tashqi bozorlardagi vaziyat, xususan Yaqin Sharqdagi keskinliklar ta’sir ko‘rsatgan bo‘lishi mumkin.

Manba: Mirkonomika
Iqtisodchi Mirkomil Xolboyev tahliliga ko‘ra, yil davomida narxi eng ko‘p pasaygan 20 ta tovarning 17 tasi ham aynan oziq-ovqat mahsulotlariga to‘g‘ri kelgan. Bu esa oziq-ovqat segmentida ayrim yo‘nalishlarda sezilarli arzonlashish bo‘lganini ko‘rsatadi.
Xususan, yil davomida eng katta pasayish qovoqda qayd etilib, uning narxi 51,9 foizga tushgan. Shuningdek, guruch (uzun boshoqli — 13,2 foiz, yumaloq boshoqli — 12,6 foiz) va piyoz (9,2 foiz) kabi muhim oziq-ovqat mahsulotlarida ham sezilarli arzonlashish kuzatilgan.
Kommunaldan transportgacha: xizmatlar narxida nima o‘zgardi?
Mart oyida asosiy kommunal xizmatlarning faqat маиший chiqindilarni olib ketish xizmatlari uchun tariflar oshishi qayd etildi. Shuningdek, aprel oyidan boshlab Toshkent viloyatida 38,6 foizga chiqindi xizmatlari qimmatladi. Vaqt.uz elektrga bog‘langan tizim va iste’molchilarning muammolarini tahlil qilgan edi.
Bundan tashqari, uy-joylarga xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash materiallari hamda xizmatlar 0,5 foizga, bu sohada ishlovchi mutaxassislar xizmatlari esa 0,9 foizga oshdi. Uy-joy ijarasi narxi ham 0,2 foizga ko‘tarildi.
Tibbiyot sohasida dori vositalari narxi o‘rtacha 0,7 foizga oshdi. Diagnostika va laboratoriya xizmatlari 0,8 foizga, ambulator davolanish xizmatlari esa 0,2 foizga qimmatlashdi.
Transport sohasida aksincha ayrim pasayishlar kuzatildi. Benzin narxi o‘rtacha 0,9 foizga arzonlashgan bo‘lib, AI-92 — 0,9 foizga, AI-95 — 1,3 foizga, AI-98 va AI-100 esa 0,5 foizga tushdi. Propan narxi 3,2 foizga pasayib, 1 litr uchun maksimal narx 8 400 so‘mni tashkil etdi. Metan narxi o‘zgarmagan bo‘lsa-da, o‘tgan yilga nisbatan hali ham 30,3 foiz yuqori darajada qolmoqda.
Shu bilan birga, avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash xizmatlari 0,9 foizga, avtoturargoh xizmatlari 0,7 foizga oshdi. Bundan tashqari, oddiy avtoraqamlar narxi ham qariyb 24 foizga, ya’ni 4 BHMga qimmatladi. Avtoraqamlar qaysi asoslarga ko‘ra qimmatlagai haqida rasmiy ma’lumot berilmagan.
Yo‘lovchi tashish xizmatlarida esa milliy valutaning yevro va Shveysariya frankiga nisbatan mustahkamlanishi fonida ayrim yo‘nalishlarda narxlar pasaydi. Xususan, aviaqatnovlar o‘rtacha 4,1 foizga, uzoq masofali poyezd chiptalari 0,5 foizga arzonlashdi. Ichki va xalqaro havo transporti narxi mos ravishda 10,9 foiz va 5,4 foizga pasaygan. Biroq xalqaro avtobus yo‘lkira haqi 1,4 foizga, taksi xizmatlari 0,4 foizga va yuk tashish xizmatlari ham 0,4 foizga oshdi.
Ta’lim sohasida xususiy bolalar bog‘chalari xizmatlari 0,8 foizga (yil davomi +4,8 foiz), turli o‘quv kurslari esa 0,1 foizga (+5 foiz) qimmatlashdi.
Nooziq-ovqat segmentida narxlar nisbatan barqaror o‘sdi. Mart oyida ular o‘rtacha 0,3 foizga oshgan (o‘tgan yil mart oyida 0,2 foiz). Yillik hisobda esa o‘sish 5,3 foizni tashkil etib, o‘tgan yilgi 7,4 foizdan past bo‘ldi.
Yil davomida narxlari yuqori oshgan mahsulotlar
Oy davomida oziq-ovqatlar narxlarining 1,2 foiz oshishi kuzatilgan. Bu dekabr oyidan buyon eng yuqori ko‘rsatkich. Nooziq-ovqatlar inflatsiyasi 0,3 foiz, xizmatlar inflatsiyasi 0,2 foizni tashkil etgan.

Manba: Mirkonomika
Iqtisodchi Mirkomil Xolboyev tahliliga ko‘ra, yillik narx o‘sishida xizmatlar sektori dominantlik qilishda davom etmoqda. Xususan, so‘nggi bir yil ichida narxi eng ko‘p oshgan 20 ta tovarning 12 tasi aynan xizmatlar hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Yillik hisobda eng yuqori o‘sish transport vositalarini sug‘urtalash xizmatlarida kuzatilib, narxlar 281,8 foizga oshgan. Shuningdek, trolleybus yo‘lkira haqi 100 foizga, limon narxi esa 91,4 foizga ko‘tarilgan.
Bundan tashqari, qo‘y go‘shti (18,2 foiz) va tuxum (17,1 foiz) kabi muhim oziq-ovqat mahsulotlari ham eng yuqori o‘sish qayd etilgan tovarlar qatoridan joy olgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston jon boshiga daromad o‘sishi bo‘yicha sobiq ittifoq davlatlari orasida eng sekin o‘sgani haqida xabar bergan edik.
Теглар






