Logo

Oliy ta’limda yangi 20 dan ortiq yo‘nalish va mutaxassislik ochildi

Бугун 20:551 дақиқа

Endilikda oliy ta’lim muassasalarida dronlar, mobil robototexnika, yashil iqtisodiyot, urbanistika, xalqaro suv diplomatiyasi va boshqa zamonaviy yo‘nalishlar bo‘yicha ham mutaxassislar tayyorlanadi.

Oliy ta’limda yangi 20 dan ortiq yo‘nalish va mutaxassislik ochildi © finance.yahoo.com

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining buyrug‘i bilan Oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatoriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Mazkur hujjat Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Ma’lum qilinishicha, endi bakalavr bosqichida talabalar quyidagi yangi 10 ta yo‘nalishda tahsil olishlari mumkin: ekologiya va atrof-muhit; yashil iqtisodiyot; iqlim o‘zgarishi; qayta tiklanuvchi energiya; suv resurslarini boshqarish; mobil robototexnika; uchuvchisiz uchish apparatlari (dronlar); barqaror qishloq xo‘jaligi; ekoturizm; temir yo‘l muhandisligi.

Magistratura bosqichida ham qator yangi mutaxassisliklar ochildi

Jumladan: xalqaro energetik siyosat; xalqaro suv diplomatiyasi; sirkulyar iqtisodiyot; barqaror moliya; rivojlanish iqtisodiyoti; ekologiya huquqi; xalqaro savdo huquqi; nazariy va muhandislik fizikasi; urbanistika; barqaror shaharsozlik; iqlimga chidamli o‘rmon xo‘jaligi; barqaror turizm va boshqa zamonaviy mutaxassisliklar.

Shuningdek, klassifikatorga yana quyidagi o‘zgartirishlar kiritildi: 760-pozitsiyadagi bakalavriat yo‘nalishi “Xizmat faoliyatini tarbiyaviy-psixologik ta’minlash” deb qayta nomlandi.

766-pozitsiyadagi magistratura mutaxassisligi “Davlat va harbiy boshqaruv” nomi bilan tasdiqlandi.
799-pozitsiya klassifikatordan chiqarildi.

Теглар

Мавзуга оид

Oliy ta’limda yangi 20 dan ortiq yo‘nalish va mutaxassislik ochildi | Vaqt.uz