Logo

Ozarbayjonda «yashil» energiya ulushi keskin oshdi

Бугун 17:172 дақиқа

Ozarbayjonda may oyida ishlab chiqarilgan elektr energiyasining 33 foizi qayta tiklanuvchi manbalar hissasiga to‘g‘ri keldi. Mamlakat 2032 yilgacha quyosh va shamol energetikasi quvvatini 8 gWga yetkazishni rejalashtirmoqda.

Ozarbayjonda «yashil» energiya ulushi keskin oshdi

Ozarbayjonda qayta tiklanuvchi energiya manbalari ulushi jadal sur’atlarda o‘smoqda. Mamlakat Energetika vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, 2026 yil may oyida ishlab chiqarilgan 2 mlrd 83,4 mln kWh elektr energiyasining 689 mln kWhi qayta tiklanuvchi manbalar hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Bu ko‘rsatkich mamlakat umumiy elektr ishlab chiqarishining 33 foizini tashkil etdi. Shuningdek, Naxchivon Avtonom Respublikasida may oyida elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyoj to‘liq qayta tiklanuvchi energiya manbalari hisobidan qoplangani qayd etildi.

Shamol energetikasi bum qildi

Ozarbayjon Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026 yilning yanvar–aprel oylarida mamlakat shamol elektr stansiyalarida 327,5 mln kWh elektr energiyasi ishlab chiqarildi.

Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 321,9 mln kWhga yoki 58,5 baravarga ko‘p demakdir. Biroq quyosh elektr stansiyalarida ishlab chiqarish hajmi 121,8 million kWhni tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan 6 foizga kamaygan.

Mazkur davrda elektr energiyasi, gaz va bug‘ ishlab chiqarish hamda taqsimlash sohasida 1 mlrd 322,7 mln manatlik mahsulot va xizmatlar yaratilgan. Suv ta’minoti va chiqindilarni qayta ishlash sohasida esa ishlab chiqarish hajmi 201 million manatga yetgan.

Eksport imkoniyatlari kengayadi

Ozarbayjon hukumati qayta tiklanuvchi energetika salohiyatini bosqichma-bosqich oshirishni rejalashtirmoqda. Rejaga ko‘ra, mamlakatda quyosh va shamol energetikasi quvvati 2027 yil oxirigacha 2 gWga, 2032 yil oxirigacha esa 8 gWtga yetkaziladi.

Energetika vazirligi huzuridagi Qayta tiklanuvchi energiya manbalari davlat agentligi direktori Javid Abdullayevning ta’kidlashicha, 2030 yilgacha umumiy quvvati 6 gW bo‘lgan loyihalar, 2033 yilgacha esa 8 gWlik loyihalar amalga oshirilishi kutilmoqda. Hosil bo‘ladigan ortiqcha elektr energiyasi hozirda ishlab chiqilayotgan to‘rtta xalqaro interkonnektor orqali eksport qilinishi mumkin.

Теглар

Мавзуга оид

Ozarbayjonda «yashil» energiya ulushi keskin oshdi | Vaqt.uz