Logo

O‘zbekiston go‘shtni Hindistonning o‘zida ishlab chiqarib, import qilmoqchi

Qishloq xo‘jaligi vazirining ta’kidlashicha, loyiha doirasida qo‘shma korxonalar tashkil etilib, go‘sht Hindistonda xalqaro va halol sertifikatlar talablariga muvofiq tayyorlanadi hamda Turkiyaning Mersin porti orqali uch tomonlama logistika zanjiri asosida O‘zbekistonga olib kelinadi.

O‘zbekiston go‘shtni Hindistonning o‘zida ishlab chiqarib, import qilmoqchi © Foto: zakon.kz

O‘zbekiston Hindistonda go‘sht ishlab chiqarishni tashkil etib, mahsulotni ichki bozorga yetkazib berish bo‘yicha ish olib bormoqda. Bu haqda qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov OAVga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, Hindistonning nisbatan arzon go‘shtini O‘zbekiston bozoriga olib kirish bo‘yicha qo‘shma korxonalar tashkil etilgan. Hindistonning yirik go‘sht ishlab chiqaruvchi va halol mahsulot eksportchisi «Allana Group» bilan esa «juda katta rejalar» mavjud.

Yangi kelishuvlarga bosh vazir Narendra Modining O‘zbekistonga davlat tashrifi davomida erishilgan. Loyiha doirasida go‘shtni Hindistonda so‘yish va tayyorlash, belgilangan talablar asosida sertifikatlash hamda keyin O‘zbekistonga eksport qilish ko‘zda tutilmoqda.

Halollik asosiy talab

Qayd etilishicha, bu jarayonda eng muhim jihatlardan biri — go‘shtning halolligi va xavfsizligini ta’minlash bo‘ladi.

Buning uchun o‘zbekistonlik mutaxassislar Hindistonga borib, go‘shtni so‘yish va tayyorlash jarayonida ishtirok etadi. Mahsulot tegishli xalqaro va halol sertifikatlar asosida tayyorlanib, keyin O‘zbekistonga eksport qilinadi.

Logistika ham alohida yo‘nalish sifatida qaralmoqda. Tomonlar Turkiya orqali, jumladan, Mersin portidan foydalangan holda Hindiston — O‘zbekiston yo‘nalishida uch tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘yish ustida ishlamoqda.

Теглар

Мавзуга оид