Logo

O‘zbekiston ilk bor akademik eshkak eshish bo‘yicha JCHda oltin medal oldi

Yengil vaznli sportchilar o‘rtasidagi juftlik dasturida Shahzod Nurmatov va Sobir Safaraliyev dueti marraga birinchi bo‘lib yetib keldi.

O‘zbekiston ilk bor akademik eshkak eshish bo‘yicha JCHda oltin medal oldi © Benedict Tufnell / World Rowing

Niderlandiyaning Amsterdam shahrida bo‘lib o‘tayotgan akademik eshkak eshish bo‘yicha jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi musobaqadagi tarixiy medaliga sazovor bo‘ldi. Bu haqda Xalqaro eshkak eshish federatsiyasi xabar berdi.

Yengil vaznli sportchilar o‘rtasidagi juftlik dasturida (LM2x) Shahzod Nurmatov va Sobir Safaraliyev dueti oltin medal sohibiga aylandi. Bu o‘zbekistonlik akademik eshkak eshuvchilarning kattalar o‘rtasidagi jahon chempionatida qo‘lga kiritgan dastlabki oltin medali bo‘ldi.

Musobaqada kumush medal Germaniya, bronza medali esa AQSH sportchilariga nasib etdi.

photo_2026-08-28_11-10-27


Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston shaxmatchilari jahon chempionatida shohsupaga ko‘tarilib, unda Nodirbek Abdusattorovda oltin medal olgandi.

Теглар