Logo

O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi uchun esdalik nishoni ta’sis etildi

Prezident farmoniga ko‘ra, ushbu mukofot fidokorona mehnati va jamiyat rivojiga qo‘shgan hissasi bilan ajralib turgan fuqarolarga beriladi.

O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi uchun esdalik nishoni ta’sis etildi © Foto: Daryo.uz

Prezident farmoni bilan «O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni ta’sis etildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Farmonda ta’kidlanishicha, O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligini munosib nishonlash uchun keng qamrovli tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Hujjatda mustaqillik Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining asosi va kelajak avlodlarga yetkazilishi lozim bo‘lgan muqaddas qadriyat sifatida e’tirof etilgan.

Farmonga ko‘ra, esdalik nishoni mamlakat mustaqilligini mustahkamlash, uning iqtisodiy salohiyati va xalqaro nufuzini oshirishga munosib hissa qo‘shgan fuqarolarga topshiriladi.

Shuningdek, ko‘p yillik fidokorona mehnati, yuqori kasbiy mahorati hamda jamoatchilik hayotidagi faol ishtiroki bilan el-yurt hurmatiga sazovor bo‘lgan vatandoshlar ham ushbu mukofot bilan taqdirlanishi mumkin.

Prezident farmoni bilan esdalik nishonining nizomi va tavsifi ham tasdiqlangan.

Hujjatga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasi bir oy muddat ichida esdalik nishonlari va ularning guvohnomalarini belgilangan tartibda tayyorlash choralarini ko‘rishi lozim.

Farmon ijrosini nazorat qilish Bosh vazir Abdulla Aripov hamda Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva zimmasiga yuklatilgan.

Теглар

Мавзуга оид

O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi uchun esdalik nishoni ta’sis etildi | Vaqt.uz