Logo

O‘zbekiston xorijdan eng ko‘p qaysi mahsulotlarni sotib olmoqda?

2026-yilning yanvar–aprel oylarida O‘zbekistonning import hajmi 16,4 mlrd AQSH dollarini tashkil etdi.

O‘zbekiston xorijdan eng ko‘p qaysi mahsulotlarni sotib olmoqda?

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–aprel oylarida O‘zbekistonning umumiy import hajmi 16,4 milliard AQSH dollarini tashkil etdi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, importning asosiy tarkibini mashinalar va transport asbob-uskunalari (5,5 mlrd dollar), shuningdek, sanoat tovarlari (2,5 mlrd dollar), kimyoviy vositalar va o‘xshash mahsulotlar (2,0 mlrd dollar), oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar (1,9 mlrd dollar), xizmatlar (1,6 mlrd dollar), mineral yoqilg‘i va moylash materiallari (1,4 mlrd dollar) tashkil etadi.

Boshqa muhim toifalar:

— Turli xil tayyor buyumlar — 585,7 million dollar (34,6 foizga o‘sgan);

— Nooziq-ovqat xomashyo — 464,8 million dollar (34,5 foizga o‘sgan);

— Hayvon va o‘simlik moylari, yog‘lar — 217,7 million dollar (37,3 foizga o‘sgan);

— Ichimliklar va tamaki mahsulotlari — 100,5 million dollar (24,3 foizga o‘sgan).

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston eng ko‘p qaysi davlat mahsulotlarini xarid qilayotganligi haqida ma’lumot bergan edik.

Теглар

Мавзуга оид

O‘zbekiston xorijdan eng ko‘p qaysi mahsulotlarni sotib olmoqda? | Vaqt.uz