O‘zbekistonda eng ko‘p ishlatiladigan bank ilovalari qaysilar?

2026 yil aprel oyi yakunlariga ko‘ra, mamlakatda eng ko‘p ishlatiladigan va yuqori baholangan bank ilovalari reytingi e’lon qilindi.

O‘zbekistonda eng ko‘p ishlatiladigan bank ilovalari qaysilar?

O‘zbekistondagi banklarning mobil ilovalari reytingi e’lon qilindi. «Ahbor» reyting agentligi tomonidan taqdim etilgan tahlilda 31 ta tijorat bankining mobil platformalari o‘rganilgan.

Reyting jami 2 million 517 ming nafardan ortiq foydalanuvchilarning baholari asosida shakllantirilgan. Shundan 2,1 milliondan ziyod foydalanuvchi Android qurilmalari, 414 ming nafari esa iOS platformasi orqali bank ilovalarini baholagan.

Aprel oyida eng ko‘p yuklab olingan mobil ilova sifatida «Ipak Yuli banki» ilovasi qayd etildi. Bir oy avval esa bu ko‘rsatkich bo‘yicha «Uzum Bank» yetakchi bo‘lgandi.

Tahlil natijalariga ko‘ra, eng yaxshi bank mobil ilovalari reytingida asosan xususiy banklar ustunlik qilgan. Jumladan, kuchli uchlikdan «TBC Bank», «Ipak Yuli banki» va «Uzum Bank» ilovalari o‘rin olgan.

Foydalanuvchilar bahosi bo‘yicha ham «TBC Bank» ilovasi eng yuqori natijani qayd etgan. Mijozlar uning interfeysi, tezkorligi va qulay xizmatlarini yuqori baholagan. Reytingning eng past pog‘onasidan esa «KDB Bank» mobil ilovasi joy olgan.

Reyting yuqori ball olgan eng yaxshi bank ilovalari TOP-10:

photo_2026-05-21_16-30-28

Теглар

Мавзуга оид

O‘zbekistonda eng ko‘p ishlatiladigan bank ilovalari qaysilar? | Vaqt.uz