Logo

O‘zbekistonda kelasi hafta yomg‘ir bilan boshlanishi kutilmoqda

Бугун 12:002 дақиқа

O‘zbekistonda 15-iyun kuni ayrim hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir va momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Shu bilan birga, respublika bo‘ylab havo harorati yuqori saqlanib, ayrim viloyatlarda +42 darajagacha yetishi kutilmoqda.

O‘zbekistonda kelasi hafta yomg‘ir bilan boshlanishi kutilmoqda

«O‘zgidromet» ma’lumotiga ko‘ra, dushanba kuni mamlakatning bir qator hududlarida ob-havo o‘zgaruvchan bo‘ladi.

Toshkent shahrida havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan o‘zgaruvchan bo‘ladi, kechqurun biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda esadi, sekundiga 10-12 metrgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +22...+24 daraja, kunduzi +36...+38 daraja bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi, ba’zi joylarda sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi, chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +18...+23 daraja, kunduzi +32...+37 daraja bo‘ladi.

Xorazm viloyatida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi +18...+23 daraja, kunduzi +33...+38 daraja bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi, ba’zi joylarda sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi, chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +22...+27 daraja, kunduzi +36...+41 daraja bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi, ba’zi joylarda sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi, chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +20...+25 daraja, kunduzi +33...+38 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi +22...+27 daraja, kunduzi +37...+42 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, kechga tomon ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi +20...+25 daraja, kunduzi +33...+38 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi +13...+18 daraja, kunduzi +24...+29 daraja bo‘ladi.

Sinoptiklarning dastlabki baholashlariga ko‘ra, yozning eng issiq kunlarida O‘zbekistonda havo harorati 42–44 darajagacha, shimoliy, janubiy va cho‘l hududlarida esa 45–47 darajagacha ko‘tarilishi mumkin.

Теглар

Мавзуга оид