O‘zbekistonda moliyaviy xizmatlar bozori 46,8 trln so‘mga yetdi

Бугун 15:361 дақиқа

2026 yilning birinchi choragida moliyaviy xizmatlar hajmi keskin oshib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 22,4 foizga o‘sdi.

O‘zbekistonda moliyaviy xizmatlar bozori 46,8 trln so‘mga yetdi © corporatefinanceinstitute.com

O‘zbekistonda moliyaviy xizmatlar bozori o‘sish sur’atini saqlab qolmoqda. Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026 yil yanvar–mart oylari yakuniga ko‘ra mamlakat bo‘yicha moliyaviy xizmatlar hajmi 46,8 trln so‘mni tashkil qildi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 22,4 foizga yuqori bo‘ldi.

Hududlar o‘rtasida farq katta

Hududlar kesimida eng yuqori ko‘rsatkich Toshkent shahri hissasiga to‘g‘ri keldi. Poytaxtda moliyaviy xizmatlar hajmi 27,5 trln so‘mga yetdi. Bu mamlakat bo‘yicha umumiy ko‘rsatkichning salmoqli qismini tashkil etmoqda.

Keyingi o‘rinlarni Farg‘ona viloyati 2,4 trln so‘m, Andijon viloyati va Toshkent viloyati esa 2 trln so‘mlik ko‘rsatkich bilan egalladi. Samarqand viloyatida 1,8 trln so‘m, Qashqadaryo viloyatida 1,6 trln so‘mlik moliyaviy xizmatlar ko‘rsatilgan.

Buxoro va Xorazm viloyatlarida moliyaviy xizmatlar hajmi 1,4 trln so‘mdan qayd etildi. Surxondaryo hamda Namangan viloyatlarida bu ko‘rsatkich 1,3 trln so‘mni tashkil qildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Jizzax va Navoiy viloyatlarida 1,1 trln so‘mlik xizmatlar ko‘rsatilgan bo‘lsa, Sirdaryo viloyatida 694,6 mlrd so‘m qayd etildi.

Ma’lumot uchun: Moliyaviy xizmatlarga bank kreditlari, ipoteka, omonatlar, onlayn to‘lovlar, pul o‘tkazmalari, sug‘urta, lizing hamda raqamli to‘lov platformalari orqali ko‘rsatiladigan xizmatlar kiradi.

Теглар

Мавзуга оид