Logo

Qaysi hudud bitiruvchilari OTMlarga kirish imtihonlarida eng yuqori ball to‘plagani ma’lum bo‘ldi

Бугун 19:461 дақиқа

2026-yilda maktab bitiruvchilarining oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlaridagi o‘rtacha natijasi 92,5 ballni tashkil etdi.

Qaysi hudud bitiruvchilari OTMlarga kirish imtihonlarida eng yuqori ball to‘plagani ma’lum bo‘ldi © Foto: Sputnik

2026-yilda maktab bitiruvchilarining oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlaridagi o‘rtacha natijalari sezilarli darajada oshdi. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ma’lum qilishicha, sifat ko‘rsatkichi o‘tgan yilga nisbatan 11,6 ballga ko‘tarilib, 92,5 ballni tashkil etgan.

Yillar kesimida o‘rtacha natijalar ham o‘sish dinamikasini ko‘rsatgan. 2022-yilda bitiruvchilarning o‘rtacha ko‘rsatkichi 76,3 ball bo‘lgan bo‘lsa, 2023-yilda 77,1, 2024 yilda 78,0, 2025 yilda esa 80,9 ball qayd etilgan.

Hududlar reytingi

Hududlar kesimida eng yuqori natija Navoiy viloyati bitiruvchilari tomonidan qayd etildi. Ular o‘rtacha 112,8 ball to‘plab, respublika bo‘yicha birinchi o‘rinni egalladi.

Ikkinchi o‘rinni Buxoro viloyati egalladi. Bu hududda o‘rtacha natija 110,8 ballni tashkil qildi. Qolgan hududlarda ko‘rsatkichlar asosan 100 balldan past bo‘ldi.

 

O‘rni

Hudud nomi

O‘rtacha ball

1

Navoiy viloyati

112,8

2

Buxoro viloyati

110,8

3

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

94,8

4

Farg‘ona viloyati

94,7

5

Toshkent shahri

94,0

6

Xorazm viloyati

93,0

7

Namangan viloyati

92,0

8

Jizzax viloyati

91,9

9

Sirdaryo viloyati

91,6

10

Samarqand viloyati

90,9

11

Qashqadaryo viloyati

89,4

12

Toshkent viloyati

88,0

13

Andijon viloyati

87,8

14

Surxondaryo viloyati

84,0

Теглар

Мавзуга оид

Qaysi hudud bitiruvchilari OTMlarga kirish imtihonlarida eng yuqori ball to‘plagani ma’lum bo‘ldi | Vaqt.uz