Qirg‘iziston makulatura va chiqindi qog‘oz eksportini vaqtincha taqiqlamoqchi

Taqiq tranzit yuklar va gumanitar yordamlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Qirg‘iziston makulatura va chiqindi qog‘oz eksportini vaqtincha taqiqlamoqchi © The Conversation

Qirg‘iziston iqtisodiyot va savdo vazirligi mamlakatdan regeneratsiya qilinadigan qog‘oz va karton, jumladan makulatura hamda chiqindilarni olib chiqishni vaqtincha taqiqlashni taklif qildi. Tegishli qaror loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.

Hujjatga ko‘ra, taqiq 6 oy muddatga joriy etiladi. U YOII Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasining 4707 kodi bo‘yicha tasniflanadigan regeneratsiya qilinadigan qog‘oz va karton mahsulotlariga tatbiq etiladi.

Shu bilan birga, mazkur taqiq tranzit yuklarga hamda Vazirlar Mahkamasi tomonidan ko‘rsatiladigan gumanitar yordamlarga nisbatan qo‘llanilmaydi.

Loyihada quyidagilar nazarda tutilgan:

vaqtinchalik taqiq joriy etilishi haqida Jahon savdo tashkiloti va Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasini xabardor qilish;

Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Ijroiya qo‘mitasini ogohlantirish;
mazkur tovarlarni noqonuniy olib chiqish holatlarining oldini olish choralarini ko‘rish;
qaror ijrosini nazorat qilishni Prezident administratsiyasining Prezident va Vazirlar Mahkamasi qarorlari ijrosini nazorat qilish boshqarmasi zimmasiga yuklash.

Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 14-yanvardagi №4-sonli «Regeneratsiya qilinadigan qog‘oz va kartonni (makulatura va chiqindilarni) Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqining bojxona hududidan tashqariga olib chiqishni (eksport qilishni) vaqtincha taqiqlash to‘g‘risida»gi qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilishi taklif etilmoqda.

Теглар

Мавзуга оид