Qishki olimpiada-2026 yakunlandi: Norvegiya medallar hisobida yetakchi

Italiyada o‘tgan XXV qishki Olimpiya o‘yinlarida Norvegiya 41 medal bilan umumiy hisobda g‘olib bo‘ldi va yangi rekord o‘rnatdi.

Qishki olimpiada-2026 yakunlandi: Norvegiya medallar hisobida yetakchi

22-fevral kuni Italiyaning Milan va Kortina-d’Ampetsso shaharlarida o‘tkazilgan XXV qishki Olimpiya o‘yinlari rasman yakunlandi. Musobaqalar doirasida 116 ta medallar jamlanmasi o‘ynaldi.

Umumiy medallar hisobida Norvegiya terma jamoasi birinchi o‘rinni egalladi. Skandinaviyaliklar 18 ta oltin, 12 ta kumush va 11 ta bronza medaliga ega chiqdi. Jami 41 ta medal bilan norvegiyaliklar qishki Olimpiada tarixida eng ko‘p mukofot jamg‘argan jamoa sifatida yangi rekord o‘rnatdi.

Avvalgi rekord ham shu mamlakat sportchilariga tegishli edi — 2018 yili Janubiy Koreyaning Pyongchang shahrida o‘tgan olipiya o‘yinlarida ular 39 ta medal jamg‘arishgandi. Norvegiya ketma-ket to‘rtinchi bor medallar hisobida yetakchilikni qo‘lga kiritdi. Milan va Kortina d’Ampetsso mezbonlik qilgan musobaqa tarixiy natijalar bilan yodda qoldi.

 

Yetakchilar va natijalar

Medallar jadvalida ikkinchi o‘rinni AQSH egalladi. Amerikalik sportchilar 12 ta oltin, 12 ta kumush va 9 ta bronza medali qo‘lga kiritdi. Uchinchi pog‘onada Niderlandiya joy oldi — 10 ta oltin, 7 ta kumush va 3 ta bronza.

Mezbon Italiya terma jamoasi 10 ta oltin, 6 ta kumush va 14 ta bronza medali bilan to‘rtinchi bo‘ldi. Uyinlar Yevropa qit’asida o‘tkazilganiga qaramay, medallar taqsimotida skandinaviyaliklar ustunlik qildi.

winter olymp 1

Bayroqsiz qatnashgan rossiyalik sportchilar faqat bitta kumush medal bilan kifoyalanishdi. Qozog‘iston esa 1994 yildan buyon o‘zining ikkinchi oltin medalini qo‘lga kiritdi.

 

Final va tarixiy gol

Olimpiadaning so‘nggi medali 22-fevral kuni xokkey turniri finalida o‘ynaldi. AQSH va Kanada terma jamoalari o‘rtasidagi hal qiluvchi bellashuvda amerikaliklar overtaymda 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Jek Hyuz tarixiy g‘alaba goliga mualliflik qildi. U AQSHga 1980 yilgi o‘yinlardan keyin ilk bor Olimpiya oltinini taqdim etdi. Shunday qilib, Milan va Kortina d’Ampetsso Olimpiadasi yangi rekordlar va dramatik final bilan yakunlandi.

2030 yilgi qishki olimpiada Fransuz Alp tog‘larida bo‘lib o‘tadi.

Теглар

Мавзуга оид