Logo

Qozog‘istonda suyultirilgan neft gazining ulgurji narxi yil oxirigacha o‘zgarmaydi

Suyultirilgan neft gazining maksimal ulgurji narxi 2026-yil 1-iyuldan 31-dekabrgacha bo‘lgan davrda qo‘shimcha qiymat solig‘isiz bir tonna uchun 126 dollar etib belgilandi.

Qozog‘istonda suyultirilgan neft gazining ulgurji narxi yil oxirigacha o‘zgarmaydi

Qozog‘iston Energetika vazirligi mamlakat ichki bozori uchun suyultirilgan neft gazining maksimal ulgurji narxini 2026-yil oxirigacha o‘zgarmas holda saqlab qolishga qaror qildi. Bu haqda «prg.kz» ma’lumotlarida keltirilgan.

Vazirlikning tegishli buyrug‘iga muvofiq, ichki bozorga tovar birjalaridan tashqari yetkazib berish rejasi doirasida suyultirilgan neft gazining maksimal ulgurji narxi 2026-yil 1-iyuldan 31-dekabrgacha bo‘lgan davrda qo‘shimcha qiymat solig‘isiz bir tonna uchun 59 ming 722 tenge (126 dollar) miqdorida belgilandi. Shu tariqa, suyultirilgan neft gazining ulgurji narxi yilning ikkinchi yarmida ham o‘zgarishsiz saqlanib qoladi.

Energetika vazirligining ma’lum qilishicha, ushbu narx 2026-yil 1-yanvardan 30-iyungacha bo‘lgan davrda ham amal qilgan. Yangi qaror ushbu narxni yana olti oy muddatga uzaytiradi.

Mazkur tartib Qozog‘iston Energetika vazirligining 2026-yil 1-iyuldagi 253-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan bo‘lib, qaror 2026-yil 31-dekabrgacha amal qiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘istonda aholini gaz bilan ta’minlash darajasi 64 foizdan oshgani haqida xabar bergan edik.

Теглар

Мавзуга оид