Logo

Rasman: G‘ofurjon Mirzayev O‘zbekiston mahallalari uyushmasi raisi lavozimiga tayinlandi

Бугун 11:221 дақиқа

Shu munosabat bilan prezidentning kadrlar bo‘yicha maslahatchisi lavozimidan ozod etildi.

Rasman: G‘ofurjon Mirzayev O‘zbekiston mahallalari uyushmasi raisi lavozimiga tayinlandi © Sirdaryo viloyati hokimligi

G‘ofurjon G‘aniyevich Mirzayev bosh vazir o‘rinbosari — O‘zbekiston mahallalari uyushmasi raisi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

G‘ofurjon Mirzayev nomzodi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan ma’qullangan.

Mirzayev ushbu lavozimda Qahramon Quronboyev o‘rnini egalladi. Quronboyev uyushma raisi lavozimini 2024 yil yanvaridan buyon egallab kelayotgan edi.

Ma’lumot uchun, G‘ofurjon Mirzayev 1964 yil 21-aprelda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. U 1990 yilda Toshkent politexnika institutini muhandis-elektrik mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. 2000 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining sirtqi bo‘limida iqtisodchi mutaxassisligini olgan.

Mirzayev 2016 yilda Sirdaryo viloyati hokimi lavozimiga kirishgan va 2020 yilda ushbu lavozimga qayta tasdiqlangan. 2022 yilda esa prezidentning davlat xizmati, aholi bilan muloqot va mahalliy hokimiyat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi etib tayinlangan edi.

Теглар

Мавзуга оид