Logo

Saida Mirziyoyeva O‘zbekiston xalqini Mustaqillik bayrami bilan tabrikladi

Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan xalqqa tabrik yo‘lladi.

Saida Mirziyoyeva O‘zbekiston xalqini Mustaqillik bayrami bilan tabrikladi © Saida Mirziyoyeva Telegram kanali

Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan xalqqa tabrik yo‘lladi.

Tabrikda Saida Mirziyoyeva prezident Shavkat Mirziyoyevning bayram tadbiridagi nutqida mamlakat taraqqiyotining kelgusi o‘n yilligi «Milliy yuksalish davri» deb e’lon qilinganini eslatgan. Shuningdek, Mustaqillik kuni so‘nggi yillarda tubdan yangilanib, izchil rivojlanib borayotgan O‘zbekiston uchun muhim sana ekani qayd etilgan.

«Oldinda keng ko‘lamli milliy dasturlar ijrosi, katta vazifalar turibdi: bilim va ko‘nikmalarni amaliy kapitalga aylantirish, aholi salomatligi hamda uzoq umr ko‘rishini ta’minlash, yuqori texnologiyalarga asoslangan iqtisodiyotni barpo etish, suv resurslarini har tomonlama tejash va atrof- asrash, qonun ustuvorligini to‘liq kafolatlash, mahalla institutini mustahkamlash hamda O‘zbekistonning xalqaro maydondagi obro‘-e’tiborini yanada yuksaltirish shular jumlasidandir», — deyiladi tabrikda.

Теглар

Мавзуга оид

Saida Mirziyoyeva O‘zbekiston xalqini Mustaqillik bayrami bilan tabrikladi | Vaqt.uz