«Seoul Mun» yaqinida yangi burilish va piyodalar yo‘lagi tashkil etiladi

Бугун 20:151 дақиқа

Bobur ko‘chasidan chapga Bahodir ko‘chasiga burilish hamda «Seoul Mun» qarshisida Furqat ko‘chasi orqali tartibga solinadigan piyodalar o‘tish joyi ochiladi.

«Seoul Mun» yaqinida yangi burilish va piyodalar yo‘lagi tashkil etiladi © Foto: commons.wikimedia.org

Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanidagi Furqat va Seul ko‘chalari kesishmasida harakatni qayta tashkil etish rejalashtirilmoqda. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Yo‘l harakatini tashkil etish markazi mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan ushbu loyiha muammoli chorrahalarni optimallashtirish va piyodalar xavfsizligini oshirishga qaratilgan.

Qayd etilishicha, «Seoul Mun» majmuasi qarshisida yangi tartibga solingan piyodalar o‘tish joyi tashkil etiladi va ziddiyatli nuqtalar bartaraf etiladi. Furqat ko‘chasidan Seul ko‘chasiga chapga burilish uchun maxsus tasma ajratiladi.

Shuningdek, «Seoul Mun» savdo majmuasiga kirish va ortga qayrilib olish uchun yangi yo‘l ochiladi.

«Ushbu yechimlar hududdagi tirbandlikni kamaytirish bilan birga, piyodalar xavfsizligini ham to‘liq ta’minlashga xizmat qiladi. Mazkur loyihani amalga oshirish katta mablag‘ talab qilmaydi. Muammolar yo‘l geometriyasini to‘g‘ri shakllantirish, oqilona chiziqlar va svetofor sikllarini to‘g‘ri sozlash kabi yechimlar orqali hal etiladi», - deyiladi xabarda.

Xabarga ko‘ra, shahar yo‘l tarmog‘ini yaxshilash ishlari kuchaytirilgan rejimda davom etmoqda.

Теглар

Мавзуга оид