Shomurodovning goli JCHning eng chiroyli goli uchun da’vogarlar ro‘yxatiga kiritildi
FIFA tomonidan JCH–2026'ning eng chiroyli goli uchun saralangan 12 ta nomzod e’lon qilindi. Ular orasida Eldor Shomurodovning Kongo DR darvozasiga urgan goli ham bor.
© Alex Slitz/Getty ImagesJahon chempionatida O‘zbekiston milliy jamoasi sardori Eldor Shomurodov tomonidan Kongo DR darvozasiga kiritilgan gol Hyundai Goal of the Tournament sovrini uchun nomzodlar ro‘yxatidan joy oldi.
Shomurodovning Kongo DR darvozasiga urgan goli avvalroq JCH–2026 guruh bosqichining eng chiroyli goli deb topilgan edi.
Jahon chempionatining eng chiroyli goliga da’vogar bo‘lgan 12 nomzod:
Eldor Shomurodov (O‘zbekiston) — Kongo DR
Kerim Alaybegovich (Bosniya va Hersegovina) — Qatar
Xulian Alvares (Argentina) — Shveysariya
Jud Bellingem (Angliya) — Fransiya
Sidni Kabral (Kabo Verde) — Argentina
Erling Holand (Norvegiya) — Braziliya
Vilson Isidor (Hayiti) — Marokash
Elayja Jast (Yangi Zelandiya) — Eron
Dayzen Maeda (Yaponiya) — Shvetsiya
Kilian Mbappe (Fransiya) — Senegal
Lionel Messi (Argentina) — Jazoir
Ferran Torres (Ispaniya) — Argentina
G‘olib muxlislar ovozi asosida aniqlanadi. Ovoz berish 27-iyul kuni yakunlanadi. Ovoz berish uchun havola: https://play.fifa.com/gott/en/





