Soliq tizimida yangi o‘zgarishlar: ipoteka imtiyozlari proaktiv tartibga o‘tadi

Бугун 10:552 дақиқа

2027-yildan qishloq xo‘jaligi yerlari bo‘yicha soliq avtomatik hisoblanadi va soliq hisoboti topshirish majburiyati bekor qilinadi.

Soliq tizimida yangi o‘zgarishlar: ipoteka imtiyozlari proaktiv tartibga o‘tadi © manba: nalog.gov.ru

O‘zbekistonda «Soliq xizmati fidoyisi» ko‘krak nishoni ta’sis etiladi. Bu prezident Shavkat Mirziyoyevning kecha, 19-may kuni qabul qilingan «Soliq organlari faoliyatini institusional jihatdan takomillashtirish va soliq ma’muriyatchiligida zamonaviy yondashuvlarni joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmonida belgilangan.
 
Farmonga ko‘ra, 2027-yil 1-yanvardan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar bo‘yicha soliq vakolatli organlarning soliq organlariga taqdim etgan ma’lumotlari asosida hisoblab chiqariladi va soliq to‘lovchi tomonidan soliq hisobotini taqdim etish majburiyati bekor qilinadi.
 
Shuningdek, jismoniy shaxslarning ipoteka kreditlarini qoplashga yo‘naltirilgan daromadlari bo‘yicha soliq imtiyozlarini qo‘llash proaktiv tartibda amalga oshiriladi. Bunda imtiyoz qo‘llash natijasida yuzaga kelgan ortiqcha summa jismoniy shaxsning murojaatiga asosan 10 ish kuni ichida qaytariladi.
 

O‘ta yirik soliq to‘lovchilar

2027-yildan 1-yanvardan avvalgi yilning 1-iyul holatiga ketma-ket keladigan oxirgi 12 oylik davr bo‘yicha to‘langan soliqlar, yig‘imlar va davlat boji, shuningdek, soliq bo‘lmagan to‘lovlari hajmi BHMning 500 ming baravaridan ortiq korxonalar va tijorat banklari o‘ta yirik soliq to‘lovchilar deb e’tirof etiladi.
 
2026/2027 o‘quv yilidan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarida kadrlar tayyorlash maqsadida Soliq qo‘mitasi huzurida Soliq oliy maktabi tashkil etiladi.
 
2027-yil 1-yanvardan soliq sohasida alohida tashabbus ko‘rsatgan, soliq tizimi rivojiga hissa qo‘shgan shaxslarni rag‘batlantirish maqsadida «Soliq xizmati fidoyisi» ko‘krak nishoni ta’sis etiladi.

Теглар

Мавзуга оид