Logo

Tojikiston yil yakunigacha iqtisodiy o‘sishni kamida 8 foizda saqlab qolmoqchi

Бугун 09:231 дақиқа

Mamlakat yalpi ichki mahsuloti yilning birinchi yarmida taxminan 8,8 milliard dollarga yetdi.

Tojikiston yil yakunigacha iqtisodiy o‘sishni kamida 8 foizda saqlab qolmoqchi

Tojikiston hukumati 2026-yilning birinchi yarim yilligi yakunlarini sarhisob qildi va yilning ikkinchi yarmi uchun ustuvor vazifalarni belgiladi. Mamlakat yil yakunida iqtisodiy o‘sish sur’atini kamida 8 foiz darajasida saqlab qolishni maqsad qilgan. Bu haqda prezident Imomali Rahmon ma’lum qildi.

Rahmon iqtisodiy o‘sishni barqaror saqlash, raqamlashtirishni jadallashtirish, mahalliy ishlab chiqarishni rivojlantirish va iqtisodiyotni tashqi xatarlarga tayyorlash zarurligini ta’kidladi.

Yanvar–iyun oylarida mamlakat iqtisodiyoti 8,2 foizga o‘sdi, YIM hajmi 81,7 milliard somoniyni (taxminan 8,8 milliard dollar) tashkil etdi. Sanoat ishlab chiqarishi 14,1 foizga, investitsiyalar 18,4 foizga oshdi, inflatsiya esa 2,4 foiz bo‘ldi.

Shuningdek, davlat budjeti daromadlari rejasi 114,3 foizga bajarilib, budjetga 36,4 milliard somoniy (3,9 milliard dollar) tushdi.

Hukumatga avgust oxirigacha iqtisodiy o‘sishning yangi manbalarini topish bo‘yicha takliflar tayyorlash topshirildi. Asosiy e’tibor sanoat, energetika va qishloq xo‘jaligini rivojlantirishga qaratiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tojikiston 2026-yilning birinchi yarmida budjet xarajatlarining qariyb 40 foizini ish haqi va ijtimoiy nafaqalarga sarflagani haqida yozgan edik.

Теглар

Мавзуга оид