Logo

Tojikistonda tirbandlikni kamaytirish uchun raqamli texnologiyalar joriy etilishi mumkin

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki delegatsiyasi bilan Dushanbe transport infratuzilmasini rivojlantirish muhokama qilindi.

Tojikistonda tirbandlikni kamaytirish uchun raqamli texnologiyalar joriy etilishi mumkin

Dushanbe shahar hokimi o‘rinbosari Rahmiddin Salomzoda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB) delegatsiyasi bilan Tojikiston poytaxtining transport infratuzilmasini rivojlantirish va hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi.
 
Uchrashuv davomida Dushanbe transport tizimini modernizatsiya qilish hamda shahar ma’muriyati va YeTTB o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash rejalari ko‘rib chiqildi. Xususan, yo‘l-transport loyihalarini amalga oshirish, transport oqimini modellashtirish va boshqarish uchun zamonaviy raqamli texnologiyalarni joriy etish, shuningdek, shahardagi tirbandliklarni kamaytirish choralari muhokama qilindi.
 
Tomonlar shahar transporti xizmatlarining samaradorligi va barqarorligini oshirish maqsadida xalqaro ilg‘or tajribalarni qo‘llash bo‘yicha ham fikr almashdi.

Muzokaralar yakunida tomonlar Dushanbe infratuzilmasini yaxshilash va transport sharoitlarini rivojlantirishga qaratilgan qo‘shma tashabbuslarni ilgari surishga sodiqligini tasdiqladi hamda hamkorlikni davom ettirish muhimligini ta’kidladi.

Теглар

Мавзуга оид