To‘qayev: Dunyo allaqachon tubdan o‘zgardi, endi biz ham o‘zgarishimiz kerak

06.03.2026 | 20:451 дақиқа

«Aks holda juda qiyin bo‘ladi», - dedi Qozog‘iston prezidenti.

To‘qayev: Dunyo allaqachon tubdan o‘zgardi, endi biz ham o‘zgarishimiz kerak

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev bo‘lajak referendum va yangi Konstitutsiyaning qabul qilinishi haqida fikr bildirdi.

«Ishonchim komilki, xalq Konstitutsiya loyihasi referendumda ma’qullangan taqdirda, davlatchiligimizning innovatsion me’morchiligini yaratadi, sun’iy intellekt va yalpi raqamlashtirish davrida Qozog‘istonning barqaror rivojlanishi uchun uzoq muddatli mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qiladi», – dedi Qozog‘iston prezidenti.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu muhim vazifa davlat faoliyatining deyarli barcha sohalariga, jumladan, ijtimoiy siyosat va immigratsiyani tartibga solishga nisbatan yangilangan yondashuvlarni ishlab chiqish zaruratini taqozo etadi.

«Dunyo allaqachon tubdan o‘zgargan va bu jarayon tobora kuchayib boradi. Bizga ham, butun Qozog‘istonga ham o‘zgarish vaqti keldi. Aks holda juda qiyin bo‘ladi», - dedi Qosim-Jomart To‘qayev.

Теглар

Мавзуга оид