Logo

Toshkent viloyati hokimi qayerda dam oladi? Zoyir Mirzayev ichki turizm va narxlar haqida

Бугун 20:121 дақиқа

21-avgust kuni Parkent tumanida o‘tkazilayotgan «Uzum sayli» festivalida Zoyir Mirzayev Vaqt.uz muxbiriga intervyu berdi. Suhbat davomida viloyat rahbari ichki turizm holati, dam olish maskanlaridagi narxlar hamda o‘zi qayerda hordiq chiqarishi haqida gapirdi.

Toshkent viloyati hokimi qayerda dam oladi? Zoyir Mirzayev ichki turizm va narxlar haqida

Muxbir viloyatda qurilayotgan mehmonxona va oromgohlarning narxi oddiy odamlar, ayniqsa o‘qituvchi va shifokorlar cho‘ntagiga qanchalik mos kelishi bo‘yicha hokim fikri bilan qiziqdi. Z. Mirzayevning ta’kidlashicha, hududda turli toifalarga to‘g‘ri keluvchi sanatoriylar va mehmon uylari mavjud. Turistik obektlar sonining ko‘payishi esa kelgusida raqobatni rivojlantirib, narxlar arzonlashishiga olib keladi.

«Albatta, biz oddiy xalq to‘g‘risida gapiryapmiz. Lekin men haligacha Toshkent viloyatida mehmonxonalar qimmatligi uchun bo‘shab qolibdi, degan narsani ko‘rmadim», — dedi Z. Mirzayev.

Vaqt.uz muxbiri odamlarning ijtimoiy tarmoqlarda «Chorvoqqa pulimiz yetmay, Dubayga ketadigan bo‘ldik» degan kinoyali gaplari keng tarqalganini eslatdi va amaldordan fikrini so‘radi. Ushbu savolga hokim «Chunki Chorvoq bitta-da», deya qisqa javob berdi.

Suhbat yakunida viloyat rahbari shaxsan o‘zi qayerda — Chorvoqdami yoki Dubayda dam olishi haqidagi savolga javob qaytardi. U sayohatlarga borish uchun vaqti yo‘qligini va ko‘proq uyida dam olishini ma’lum qildi.

Теглар

Мавзуга оид