Logo

Toshkentda qizamiq tarqaldimi? Sanepidqo‘mita mish-mishlarga oydinlik kiritdi

Кеча 21:111 дақиқа

SSV Toshkentda qizamiq kasalligiga gumon qilingan 290 ta holat qayd etilgani, shuningdek, bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan 10 ming nafardan ziyod shaxs ro‘yxatga olingani haqida tarqalgan xabarlar yuzasidan munosabat bildirdi.

Toshkentda qizamiq tarqaldimi? Sanepidqo‘mita mish-mishlarga oydinlik kiritdi

Toshkent shahri va butun mamlakat bo‘ylab qizamiq kasalligi bilan bog‘liq epidemiologik vaziyat barqaror. Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Toshkent shahar boshqarmasi rasmiy munosabatida ta’kidlangan.

«Ayni paytda nafaqat poytaxt, balki butun mamlakatimizda qizamiq kasalligi bilan bog‘liq epidemiologik vaziyat barqaror. Xavotirlanishga hech qanday asos yo‘q», - deyiladi bayonotda.

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentda qizamiqqa gumon qilingan 290 ta holat qayd etilgani va bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan 10 mingdan ziyod shaxs ro‘yxatga olingani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Qo‘mitaning ta’kidlashicha, mazkur raqamlar qisqa vaqt ichida yoki ayni kunda aniqlangan holatlar emas. Bu 2026 yilning o‘tgan to‘qqiz oyi davomida qayd etilgan jamlanma ko‘rsatkich bo‘lib, ularni to‘satdan tarqalgan epidemiya sifatida talqin qilish noto‘g‘ri hisoblanadi.

Qo‘mitaga ko‘ra, kasallanish ko‘rsatkichi 2025 yilning mos davriga nisbatan 40 foizga kamaygan.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning o‘tgan to‘qqiz oyi davomida Toshkent shahrida rejali emlash tadbirlari faol davom ettirilgan. Ushbu davr mobaynida 47 494 nafar 1 yoshli hamda 42 767 nafar 6 yoshli bola KPK (qizamiq, epidparotit, qizilcha) vaksinasi bilan emlangan.

Теглар

Мавзуга оид