Logo

Toshkentdagi bozor va savdo komplekslari xatlovdan o‘tkaziladi

Бугун 18:551 дақиқа

Noqonuniy qurilishlar va qarzdorliklar tahlil qilinadi.

Toshkentdagi bozor va savdo komplekslari xatlovdan o‘tkaziladi © Vaqt.uz | Javhar Chorshanbiyeva

Toshkent shahridagi bozor va savdo komplekslarining moliyaviy holati o‘rganilib, ularning mol-mulki xatlovdan o‘tkaziladi va mavjud muammolarni aniqlash bo‘yicha ishlar tashkil etiladi. Bu Toshkent shahrini 2026–2027 yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar doirasida amalga oshiriladi.

Xatlov jarayonida nimalar tekshiriladi?

O‘rganish ishlari davomida qator yo‘nalishlar bo‘yicha tahlillar olib boriladi:

— Bino va inshootlarning kadastr hujjatlari, mavjud mulklar hamda mulkdorlar ro‘yxati tekshiriladi;
— Bozor va savdo komplekslari hududlaridagi noqonuniy qurilishlar aniqlanib, ularni bartaraf etish choralari ko‘riladi;
— Hududlar chegaralari, muhofaza zonalari va mavjud cheklovlar o‘rganiladi;
— Soliq, majburiy to‘lovlar va boshqa qarzdorliklar tahlil qilinadi;
— Komplekslarning moliyaviy holati va mavjud muammolar o‘rganilib, ularni hal etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqiladi.

O‘rganishlar natijasida bozor va savdo komplekslari aktivlaridan samarali foydalanish, shuningdek, tegishli boshqaruv organlari qarorlariga muvofiq ularni ommaviy savdolarga chiqarish bo‘yicha takliflar tayyorlanishi ko‘zda tutilgan.

Mazkur ishlar Kadastr agentligining Toshkent shahar boshqarmasi, tuman hokimliklari, soliq organlari, Munitsipal aktivlarni boshqarish markazi va «Toshkent Invest kompaniyasi» AJ ishtirokida amalga oshiriladi.

Теглар

Мавзуга оид