Tramp Kanadani AQSHning 51-shtatiga aylantirish g‘oyasidan voz kechdi

Бугун 20:231 дақиқа

«Ularning 200 yillik tarixi bor, «Ey, Kanada»" degan milliy g‘ururi bor... bularning barini uch yarim yil ichida shunchaki o‘zgartirib bo‘lmaydi», - dedi Trapm.

Tramp Kanadani AQSHning 51-shtatiga aylantirish g‘oyasidan voz kechdi

Biograf Robert Xardman bilan suhbatda Tramp Kanadaga bostirib kirmasligini aytib, uni AQSHning yana bir shtatiga aylantirish haqidagi avvalgi gaplaridan qaytdi.

Oq uy rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Kanada tarixi buni imkonsiz qiladi.

«Ularning 200 yillik tarixi bor, "Ey, Kanada" degan milliy g‘ururi bor... bularning barini uch yarim yil ichida shunchaki o‘zgartirib bo‘lmaydi. Menimcha, bu ish amalga oshmaydi», - dedi Tramp.

Avvalroq Amerika yetakchisi Kanadani AQSHga qo‘shib olish g‘oyasini bir necha bor ilgari surgan edi. Masalan, 2024-yil dekabr boshida u sobiq bosh vazir Jastin Tryudoga hazillashib Kanadani 51-shtat qilishni taklif qilgandi.

U iste’foga chiqqanidan so‘ng, Tramp yana Kanadaga AQSHning 51-shtati bo‘lishni taklif qildi.

Теглар

Мавзуга оид