Turkiya osmonida yana bir Eron raketasi zararsizlantirildi

Mudofaa vazirligi mintaqadagi barcha voqealar «diqqat bilan kuzatilayotgani va baholanayotganini» ta’kidladi.

Turkiya osmonida yana bir Eron raketasi zararsizlantirildi

Eron hududidan uchirilgan va Turkiya havo hududiga kirgan ballistik snaryad NATOning O‘rta Yer dengizi sharqiy qismida joylashgan havo va raketaga qarshi mudofaa tizimlari tomonidan zararsizlantirildi. Bu haqda Turkiya Milliy mudofaa vazirligi tarqatgan bayonotda ma’lum qildi.

«Mamlakatimiz hududi va havo kengliklariga qaratilgan har qanday tahdidga qarshi barcha zarur choralar qat’iy va ikkilanmasdan ko‘rilmoqda. Hodisaning barcha jihatlariga oydinlik kiritish maqsadida tegishli davlat bilan maslahatlashuvlar olib borilmoqda. Mintaqadagi barcha voqealar diqqat bilan kuzatilmoqda va baholanmoqda. Milliy xavfsizlik ustuvor vazifadir», — deyiladi bayonotda.

Eslatib o‘tamiz, 4-mart kuni ham Turkiya osmonida ballistik raketa urib tushirilgandi. O‘shanda raketa O‘rta yer dengizining sharqiy qismida NATO Havo hududidan mudofaa (HHM) vositalari tomonidan tutib qolingan va zararsizlantirilgan.

Теглар

Мавзуга оид