Turkmanistonda yangi o‘rmon dasturi tasdiqlandi

Бугун 18:501 дақиқа

Mamlakatda avval amal qilgan milliy o‘rmon dasturi tajribasi asosida 2026–2030 yillarga mo‘ljallangan yangi ekologik strategiya qabul qilindi.

Turkmanistonda yangi o‘rmon dasturi tasdiqlandi © Туркманистон давлат нашриёт хизмати

2026 yil 2-iyun kuni Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuxamedov tomonidan 2026–2030-yillarga mo‘ljallangan Milliy o‘rmon dasturi hamda uni amalga oshirish rejasi tasdiqlandi. Bu haqda TDX davlat axborot agentligi xabar berdi.

Hujjatga ko‘ra, dastur atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat siyosatining huquqiy asoslarini mustahkamlash, iqlim o‘zgarishi ta’sirini kamaytirishga qaratilgan asosiy yo‘nalishlarni belgilash hamda ekotizimlar va o‘rmon xo‘jaligining iqlim o‘zgarishi oqibatlariga bardoshliligini oshirish maqsadida qabul qilingan.

Shuningdek, dastur Turkmanistonning iqlim o‘zgarishi bo‘yicha milliy strategiyasini amalga oshirishga xizmat qilishi ta’kidlanadi.

Oldingi dastur

Bungacha mamlakatda 2021–2025-yillarga mo‘ljallangan Milliy o‘rmon dasturi amal qilgan. U Turkmanistonning tabiiy va iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda o‘rmon maydonlarini kengaytirish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish hamda mamlakat tomonidan ratifikatsiya qilingan xalqaro ekologik konvensiyalar va dasturlar doirasidagi majburiyatlarni bajarish maqsadida ishlab chiqilgan.

Теглар

Мавзуга оид