Logo

Uy-joy savdosi yetti oyda 21 foizga oshdi

Бугун 15:552 дақиқа

O‘zbekistonda yil boshidan beri qariyb 200 mingta ko‘chmas mulk oldi-sotdi bitimlari ro‘yxatga olingan.

Uy-joy savdosi yetti oyda 21 foizga oshdi © vaqt.uz

O‘zbekistonda ko‘chmas mulk bozorida faollik iyul oyida ham oshdi. Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tahliliga ko‘ra, 2026-yil iyul oyida mamlakatda 26,3 mingta uy-joy oldi-sotdisi amalga oshirilgan. Bu iyun oyiga nisbatan 4 foiz ko‘p.

Yil boshidan buyon esa uy-joy bozorida qariyb 197,4 mingta bitim qayd etilgan. Bu 2025 yilning yanvar–iyul oylaridagi ko‘rsatkichdan 34,3 mingtaga ko‘p.

Natijada yillik o‘sish 21 foizdan oshgan. Markaz ushbu dinamikani ko‘chmas mulk bozorida yuqori faollik saqlanayotgani va uy-joyga talab barqaror ekani bilan izohlagan.

Qaysi hududlarda o‘sish yuqori?

Uy-joy savdosi o‘sishi mamlakatning aksariyat hududlarida kuzatilgan. Biroq ayrim viloyat va shaharlarda o‘sish respublikadagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan sezilarli yuqori bo‘lgan.

Eng yuqori o‘sish Toshkent shahrida qayd etilgan — 31,6 foiz. Bu respublika bo‘yicha o‘rtacha 21 foizlik o‘sishdan 10,6 foiz punkt yuqori.

Sirdaryo viloyatida uy-joy savdosi 30,7 foizga, Navoiy viloyatida esa 25,5 foizga oshgan. Markazning baholashicha, bu hududlarda ko‘chmas mulk bozoridagi faollik mamlakat o‘rtacha ko‘rsatkichidan yuqori bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona viloyatining 3 ta, Samarqand viloyatining 2 ta va Xorazm viloyatining 2 ta hududi bo‘yicha elektron savdo platformalaridagi ko‘chmas mulk obyektlarining bozor narxlarini o‘rganish ishlari olib borilganligi haqida xabar berilgandi. Ko‘chmas mulkni ommaviy baholash milliy markazi taqdim etgan ma’lumotlarga ko‘ra, eng yuqori narx Samarqandda, eng arzoni vodiy viloyatlarida kuzatilgan. Ko‘p kvartirali uylardagi xonadonlarning 1 kv.metr uchun eng yuqori o‘rtacha narxi 11,8 mln so‘m bo‘lgan.

Теглар

Мавзуга оид

Uy-joy savdosi yetti oyda 21 foizga oshdi | Vaqt.uz