Logo

Vashingtonda Isroil va Livan o‘rtasida sulh tuzildi

Бугун 17:551 дақиқа

Kelishuvga ko‘ra, Isroil Janubiy Livandagi ikki hududdan qo‘shinlarini olib chiqadi va nazoratni Livan armiyasiga topshiradi.

Vashingtonda Isroil va Livan o‘rtasida sulh tuzildi

Vashingtonda to‘rt kun davom etgan muzokaralar yakunida Isroil, Livan va AQSH o‘rtasida uch tomonlama kelishuv imzolandi.

Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxuning ma’lum qilishicha, ushbu hujjatga asosan Isroil Janubiy Livandagi ikkita hududni bo‘shatib, ularni Livan armiyasi nazoratiga topshiradi.

Uning ta’kidlashicha, bu kelishuv kelajakda ikki mamlakat o‘rtasida keng ko‘lamli tinchlik shartnomasini tuzish uchun zamin yaratadi.

Livanning AQSHdagi elchisi Nada Hamadeh Moavad ushbu qadamni «Livan suvereniteti va hududiy yaxlitligini tiklash yo‘lidagi birinchi qadam» deb baholadi.

«Bugun — katta yo‘lning boshlanishi. Oldinda bizni ko‘plab murakkab vazifalar kutmoqda va biz buni to‘g‘ri baholaymiz. Biroq bu jarayon naqadar muhimligini tushungan holda, unda ishtirok etayotganimizdan mamnunmiz» - deydi AQSH Davlat kotibi Mark Rubio.

Теглар

Мавзуга оид