Vazir jamg‘armasi hisobidan ustama oladigan o‘qituvchilar ro‘yxati e’lon qilindi
O‘zbekistonda bu yil 1696 nafar malakali pedagoglarga 9 oy davomida vazir ustamasi beriladigan bo‘ldi.
© Foto: Stat.uzMaktabgacha va maktab ta’limi vazirining tegishli buyrug‘i bilan vazir jamg‘armasi hisobidan har oylik ustama to‘lanadigan malakali pedagog kadrlar ro‘yxati tasdiqlandi.
Bu yilgi tanlovda jami 1696 nafar pedagog g‘olib deb topildi. Ularning 1400 nafari umumiy o‘rta ta’lim maktablari, 98 nafari ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari va 198 nafari maktabgacha ta’lim tashkilotlari vakillaridir.
G‘oliblarga 2026-yil sentabrdan 2027-yil mayiga qadar, jami 9 oy davomida har oylik ustama to‘lanadi.
Ustama miqdori:
— umumta’lim tashkilotlari pedagoglariga — mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori 5,5 baravari (7 mln 480 mimg so‘m),
— maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilariga — mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori 2 baravari (2 mln 992 ming so‘m).
Ma’lumot uchun, vazir jamg‘armasi hisobidan har oylik ustama to‘lash tizimi 2022 yilda joriy etilgan. Uning asosiy maqsadi malakali va yuqori natija ko‘rsatayotgan pedagoglarni rag‘batlantirish hisoblanadi.





