Logo

Xitoy Tayvan sharqida maxsus dengiz operatsiyasini boshladi

Бугун 16:391 дақиқа

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, harakatlar Yaponiya va Filippin bayonotlariga javoban amalga oshirilmoqda.

Xitoy Tayvan sharqida maxsus dengiz operatsiyasini boshladi © Global Look Press

Xitoy Tayvan orolining sharqiy qismida maxsus dengiz operatsiyasini boshladi. Bu haqda «Xinhua» agentligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, operatsiya Yaponiya va Filippinning orol sharqidagi dengiz chegarasini delimitatsiya qilish bo‘yicha muzokaralarni boshlagani haqidagi bayonotiga javob sifatida o‘tkazilmoqda.


Maxsus huquqni muhofaza qilish missiyasiga Futszyan va Guandun provinsiyalarining dengiz xavfsizligi boshqarmalari kuchlari, shuningdek, Qutqaruv boshqarmasi va Sharqiy Xitoy dengizi kema qatnovini ta’minlash markazi jalb etilgan.

Operatsiyaning asosiy vazifalari


Xabarda qayd etilishicha, operatsiyaning asosiy vazifalari Xitoyning dengiz ma’muriy qonunchiligini muhofaza qilish bo‘yicha vakolatlarni to‘liq amalga oshirish, uzoq masofali patrullash ko‘lamini kengaytirish hamda strategik ahamiyatga ega hududlarda kema qatnovini nazorat qilishdan iborat.


Agentlik ma’lumotiga ko‘ra, mashg‘ulotlardan ko‘zlangan maqsad Xitoy dengiz ma’muriy organlarining yurisdiksiyasini mustahkamlash, mintaqada patrullash va harakatni boshqarish imkoniyatlarini kengaytirish, shuningdek, dengiz qatnovi xavfsizligini ta’minlash va milliy huquq hamda manfaatlarni himoya qilish hisoblanadi.

Yaponiya va Filippin roli


May oyi oxirida Filippin prezidenti kichik Ferdinand Markosning Yaponiyaga tashrifi yakunlari bo‘yicha Tokio va Manila kontinental shelf hamda eksklyuziv iqtisodiy zonani chegaralash maqsadida muzokaralarni boshlashini e’lon qilgan edi.


Pekin esa tomonlarning mazkur harakatlarini o‘z manfaatlariga to‘g‘ridan to‘g‘ri tahdid sifatida baholagan.

Теглар

Мавзуга оид