Yanvarda qaysi hudud aholisi eng ko‘p keshbek oldi?
2026-yil yanvar oyida iste’molchilarga 125,7 mlrd so‘mdan ortiq keshbek to‘langan.

2026-yil yanvar oyida (27-fevral holatiga) xarid cheklari bo‘yicha iste’molchilarga jami 125,7 mlrd so‘mdan ortiq keshbek qaytarildi. Bu mablag‘ 197,6 mln ta chek asosida hisoblangan bo‘lib, eng katta ulush Toshkent shahri hissasiga to‘g‘ri keldi.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Toshkent shahrida fuqarolarga 37,5 mlrd so‘m keshbek to‘langan. Bu respublika bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi. Ikkinchi o‘rinni 18,4 mlrd so‘m bilan Farg‘ona viloyati egallagan bo‘lsa, Toshkent viloyatida 15,4 mlrd so‘m keshbek qaytarilgan.

Shuningdek, Samarqand viloyatida 8,4 mlrd so‘m, Qoraqalpog‘iston Respublikasida esa 7,8 mlrd so‘m keshbek to‘langan. Boshqa hududlarda ham ko‘rsatkichlar barqaror o‘sishni namoyon etmoqda.
Hisobotga ko‘ra, yanvar oyida keshbek tizimidan foydalanganlar soni 5 mln 635 ming nafarni tashkil etgan. Bu ko‘rsatkich elektron cheklar va naqdsiz hisob-kitoblar ulushi ortib borayotganini anglatadi.
Ma’lumot uchun: 2025-yilda o‘zbekistonliklarga 390 mlrd so‘m keshbek qaytarilgan.





