Logo

YI Rossiyaga yordam berayotgan 1600 dan ortiq kompaniyani jazolamoqchi

Бугун 21:112 дақиқа

Agar ushbu sanksiyalar paketi bir ovozdan ma’qullansa, bu urush boshlanganidan beri bir vaqtning o‘zida qora ro‘yxatga kiritilgan kompaniyalar soni bo‘yicha rekord ko‘rsatkich bo‘ladi.

YI Rossiyaga yordam berayotgan 1600 dan ortiq kompaniyani jazolamoqchi © Foto: RIA Novosti

Yevropa Ittifoqi Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushiga ko‘maklashayotgani aytilgan 1600 dan ortiq kompaniyaga nisbatan sanksiyalar joriy etishni rejalashtirmoqda.

«Bloomberg»ga ko‘ra, agar paket tasdiqlansa, bu Rossiyaga qarshi bir vaqtning o‘zida qora ro‘yxatga kiritilgan kompaniyalar soni bo‘yicha rekord ko‘rsatkich bo‘ladi.

Nashrning yozishicha, sanksiyalar qo‘llanishi mumkin bo‘lgan kompaniyalarning umumiy yillik aylanmasi 20 milliard dollardan ortiqni tashkil etadi. Ularda 265 mingdan ziyod ishchi mavjud.

Nashr manbalarining ta’kidlashicha, yangi paket qabul qilinsa, Ukrainadagi urush boshlanganidan beri Yevropa Ittifoqi sanksiya qo‘llagan yuridik shaxslar soni qariyb 50 foizga oshadi. Biroq qaror kuchga kirishi uchun YIga a’zo barcha davlatlar uni bir ovozdan ma’qullashi kerak.

Moskvaga bosim kuchaymoqda

«Bloomberg» qayd etishicha, yangi sanksiyalar Yevropa Ittifoqining Rossiya prezidenti Vladimir Putinga bosimni kuchaytirish va Moskvani tinchlik muzokaralariga qaytarishga qaratilgan navbatdagi urinishidir.

Yevropa yetakchilari Ukraina frontdagi pozitsiyasini mustahkamlanayotgani va Rossiya iqtisodiyoti sekinlashayotgani muzokaralar uchun yangi imkoniyat yaratayotganini ta’kidlamoqda. Xususan, Moskva 2026 yil uchun iqtisodiy o‘sish prognozini pasaytirgan.

Shu bilan birga, AQSH prezidenti Donald Tramp ham Ukrainaga havo mudofaasi tizimlarini rivojlantirishda yordam berishga tayyorligini bildirmoqda.

Biroq, nashring ta’kidlashicha, YIga a’zo mamlakatlar o‘z iqtisodiyotiga yetkaziladigan zararni kamaytirish maqsadida ayrim istisnolarni talab qilayotgani sababli, Moskvaga qarshi sanksiyalarni qabul qilish tobora murakkablashib bormoqda.

Теглар

Мавзуга оид