Logo

Yong‘inlar tovoni biznes yelkasiga tushishi mumkin: Senat yangi qonunni ma’qulladi

2025 yil davomida O‘zbekistonda 11 241 ta yong‘in sodir bo‘lgan. Oqibatda 82 kishi halok bo‘lgan.

Yong‘inlar tovoni biznes yelkasiga tushishi mumkin: Senat yangi qonunni ma’qulladi

Oliy Majlis Senati yong‘in xavfsizligi tizimini takomillashtirishga qaratilgan qonunni ma’qulladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2025 yil davomida O‘zbekistonda 11 241 ta yong‘in sodir bo‘lgan. Oqibatda 82 kishi halok bo‘lgan, fuqarolar va tadbirkorlik subyektlariga yetkazilgan umumiy zarar 249,2 milliard so‘mni tashkil etgan.

Qayd etilishicha, amaldagi qonunchilik yong‘in xavfsizligi bo‘yicha barcha huquqiy va tashkiliy mexanizmlarni qamrab olmagani sababli yangi normalar ishlab chiqilgan.

Savdo markazlariga talablar

Yangi qonun bilan bozorlar, savdo komplekslari va savdo-ko‘ngilochar markazlari mulkdorlarining uchinchi shaxslar hayoti va sog‘lig‘iga yong‘in natijasida yetkazilgan zarar uchun fuqarolik javobgarligini hamda ushbu obyektlarni yong‘indan majburiy sug‘urta qilish tizimi joriy etilmoqda.

Hujjatda, shuningdek, yong‘in xavfsizligini ta’minlashning asosiy prinsiplari, binolar va inshootlarga qo‘yiladigan minimal texnik talablar, yong‘in auditini o‘tkazish tartibi hamda loyiha tashkilotlari, ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlari va boshqa mas’ul subyektlarning huquq hamda majburiyatlari aniq belgilab berilmoqda.

Теглар

Мавзуга оид

Yong‘inlar tovoni biznes yelkasiga tushishi mumkin: Senat yangi qonunni ma’qulladi | Vaqt.uz