add

180 davlat birlashmoqda: Bitkoynga raqib — tokenlashgan oltin loyihasi

Bugun 13:253021

Dubaydagi DMCC rahbari Sulayemga ko‘ra, Bitkoyn haqiqiy aktiv emas. Shu sabab, 180 davlat ishtirokidagi tashkilot oltinni raqamlashtirish ustida ish boshladi.

180 davlat birlashmoqda: Bitkoynga raqib — tokenlashgan oltin loyihasi

Dubay Ko‘plab Tovarlar Markazi (DMCC) rahbari Ahmad bin Sulayemga ko‘ra, oltin bozori bitkoyn bilan bog‘lanishidan norozi. Uning ta’kidlashicha, tokenlashgan oltin, ya’ni raqamli oltin yoki «oltin koini» Bitkoynga yaqin samara bera oladi.

Bin Sulayem bu haqda Istanbuldagi seminarda ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, oltin konchilari, sotuvchilari va moliyachilarining katta qismini birlashtirgan Oltin Kengashi yaqinda 24–25-noyabr kunlari Dubayda bo‘lib o‘tadigan konferensiyada aynan shu masalani muhokama qiladi, deb xabar bermoqda Sozcu nashri.

U, shuningdek, sun’iy yoki laboratoriyada yetishtirilgan olmoslar ham tokenlashtirilishi mumkinligini bildirdi. Biroq bu turdagi raqamli olmoslar uchun maxsus fatvo va halollik sertifikati talab qilinishi mumkin.

Bin Sulayem kelajakda toza ichimlik suvi ham tovar bozorida muhim aktivga aylanishi mumkinligini aytdi. Unga ko‘ra, DMCC bunga oid Aqua Index bilan hamkorlikda suvni tovar sifatida baholash ishlarini boshlagan.

Teglar

Mavzuga oid

180 davlat birlashmoqda: Bitkoynga raqib — tokenlashgan oltin loyihasi | Vaqt.uz