add

2025-yil dollar uchun so‘nggi 7 yildagi eng yomoni bo‘lishi mumkin

Bugun 08:381991 daqiqa

AQSH dollari 2025-yilda keskin zaiflashdi va yil yakuni AQSH valyutasi uchun 2017-yildan beri eng yomon natija bo‘lishi mumkin, deb yozmoqda Bloomberg nashri.

2025-yil dollar uchun so‘nggi 7 yildagi eng yomoni bo‘lishi mumkin

2025-yil boshidan beri dollar asosiy jahon valyutalariga nisbatan sezilarli qadrsizlandi. Bloomberg nashri hisoblab chiqadigan Bloomberg Dollar Spot indeksi yil boshidan buyon qariyb 8 foizga pasaygan. 23-dekabr kuni indeks oktabr boshidan beri eng past darajaga tushdi.

Agentlikka ko‘ra, bu holat 2025 yilni dollar uchun 2017 yildan beri eng omadsiz yilga aylantirishi mumkin. Ayrim kunlardagi qisqa tiklanishlarga qaramay, umumiy trend hanuz pastlash tomon qolmoqda.

23-dekabr kuni AQSH iqtisodiyoti uchinchi chorakda 4,3 foiz o‘sgani haqidagi ma’lumotlar dollar bosimini qisman yumshatdi. Biroq bu omil bozordagi umumiy kayfiyatni o‘zgartirmadi va zaiflik saqlanib qoldi.

Bloomberg nashrining ta’kidlashicha, opsionlar bozoridagi signallar ham dollarga bosim davom etishini ko‘rsatyapti. Treyderlar yevro va Avstraliya dollari orqali dollarga qarshi pozitsiyalarni faol olayapti. Bu esa investorlar ishonchi pasayganini anglatadi.

Dollarga salbiy ta’sir qilayotgan asosiy omillardan biri — AQSH Federal rezerv tizimi foiz stavkalarini yana pasaytirishi mumkinligi haqidagi kutilmalardir. Shuningdek, dekabr oyi an’anaviy ravishda dollar zaiflashadigan davr hisoblanadi.

Tahlilchilar 2026 yilda ham dollar uchun bosim saqlanib qolishini istisno qilmayapti. Ularga ko‘ra, faqat AQSH iqtisodiyotida keskin tezlashuv yoki pul-kredit siyosati qat’iylashishi dollarga kuchli yordam berishi mumkin.

Teglar

Mavzuga oid