2025-yilda havo transporti orqali qariyb 10 mln nafar yo‘lovchi tashilgan

Bugun 18:001 daqiqa

25 yil ichida O‘zbekistonda aviayo‘lovchilar soni 6,5 barobarga ko‘paygan.

2025-yilda havo transporti orqali qariyb 10 mln nafar yo‘lovchi tashilgan

Milliy statistika ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilda O‘zbekistonda havo transporti orqali qariyb 9,7 mln nafar yo‘lovchi tashilgan.

Bu ko‘rsatkich 2000 yilga nisbatan 8,2 mln nafarga yoki qariyb 6,5 barobarga ko‘p.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 2000 yilda havo transporti orqali 1,5 mln nafar yo‘lovchi tashilgan. Keyingi yillarda bu ko‘rsatkich bir qator iqtisodiy va bozor omillari ta’sirida turlicha o‘zgarib borgan. Masalan, 2002 va 2003 yillarda aviayo‘lovchilar soni 0,8 mln nafargacha tushgan.

2006 yildan boshlab havo transportidan foydalanish yana o‘sishni boshladi. 2007 yilda yo‘lovchilar soni 1,4 mln nafarga yetgan bo‘lsa, 2010 yilga kelib bu ko‘rsatkich 1,9 mln nafarni tashkil etgan. 2011–2013 yillarda esa aviayo‘lovchilar soni 2–2,5 mln nafar atrofida shakllangan.

2014–2017 yillarda havo transporti orqali tashilgan yo‘lovchilar soni nisbatan barqaror bo‘lib, o‘rtacha 2,1–2,3 mln nafarni tashkil etgan. 2018 yildan boshlab esa o‘sish sur’ati yana tezlashib, 2019 yilda 3,2 mln nafar yo‘lovchi qayd etilgan.

2020 yilda pandemiya ta’sirida aviaqatnovlar keskin qisqarib, yo‘lovchilar soni 0,9 mln nafargacha tushib ketgan. Biroq keyingi yillarda soha tez tiklandi: 2021 yilda 3 mln nafar, 2022 yilda 4,1 mln nafar, 2023 yilda 5,3 mln nafar yo‘lovchi tashilgan.

So‘nggi ikki yilda o‘sish yanada jadallashdi. 2024 yilda aviayo‘lovchilar soni 6,8 mln nafarga yetgan bo‘lsa, 2025 yilda bu ko‘rsatkich 9,7 mln nafarni tashkil etgan.

Teglar

Mavzuga oid