add

3 kiloga yaqin narkotik moddasini Toshkent shahrida sotishni rejalashtirganlar qo‘lga olindi

Bugun 10:10451 daqiqa

Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu giyohvandlik moddalari Qirg‘iziston Respublikasidagi narkosavdogarlardan sotib olingan.

3 kiloga yaqin narkotik moddasini Toshkent shahrida sotishni rejalashtirganlar qo‘lga olindi

Respublika miqyosida o‘tkazilayotgan «Xavfsiz va sog‘lom yurt» keng ko‘lamli tezkor-profilaktik tadbirlari doirasida Davlat xavfsizlik xizmati hamda Ichki ishlar organlari hamkorligida Andijon viloyatining Bo‘ston tumanidagi yo‘l-patrul xizmati maskanida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Xususan, «Andijon – Toshkent» yo‘nalishida harakatlanayotgan «Lacyetti» rusumli avtotransport vositasi tegishli tartibda to‘xtatilib tekshirilganda, uni boshqarib ketayotgan, Andijon shahrida yashovchi, 1984 yilda tug‘ilgan J.R.ga tegishli 2 kg 994 gr «gashish» moddasi borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan

Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, uning jinoiy sherigi hisoblangan, 1993 yilda tug‘ilgan G‘.N. ham qo‘lga olingan.

Aniqlanishicha, ular Qirg‘iz Respublikasidagi narkosavdogarlardan 23 ming AQSH dollariga sotib olinib, kontrabanda yo‘li bilan mamlakatimizga keltirilgan giyohvandlik vositasini Toshkent shahrida sotmoqchi bo‘lishgan.

Hozirda og‘ufurushlarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 28,246-moddasi 2-qismi (kontrabanda) va 25,273-moddasi 5-qismi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish...) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, «qamoq» ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 5 kiloga yaqin giyohvandlik moddasini reduktor ichiga yashirib, chegaradan olib o‘tmoqchi bo‘lganlar fosh etilgan edi.

Teglar

Mavzuga oid