add

Airbus bosh direktori: Boeing bu yil buyurtmalar bo‘yicha o‘zib ketishi mumkin

Kecha 18:181501 daqiqa

Airbus bosh direktorining aytishicha, AQSH bilan savdo muzokaralari Boeing’ga ustunlik berib, kompaniya olti yilda birinchi marta buyurtmalar poygasida g‘olib chiqishi mumkin.

Airbus bosh direktori: Boeing bu yil buyurtmalar bo‘yicha o‘zib ketishi mumkin

Airbus rahbari Giyom Fori jahon aviatsiya bozoridagi yillik raqobat yakunlarini sharhlar ekan, kompaniya Boeing’dan buyurtmalar bo‘yicha orqada qolishi ehtimolini tan oldi. Reuters yozishicha, Fori Yevropa konserni besh yil davomida buyurtmalarda yetakchilik qilganini, ammo joriy yilda vaziyat o‘zgarishi mumkinligini bildirdi.

Unga ko‘ra, AQSH prezidentining bir qator davlatlar bilan olib borgan boj muzokaralari Boeing uchun qulay sharoit yaratgan. Ayniqsa, Osiyo mamlakatlari AQSH bilan savdo munosabatlarini yumshatish maqsadida Boeing’dan qo‘shimcha buyurtmalar bergani yoki rejalashtirilgan xaridlarni e’lon qilgani qayd etilmoqda.

Shu bilan birga, Airbus yetkazib berish hajmi bo‘yicha raqibidan oldinda qolmoqda. Kompaniyaning A321 kabi kichik toifadagi samolyotlari yuqori talabga ega bo‘lsa, Boeing uzoq masofali 787 modellari bilan barqaror sotuvni ta’minlamoqda.

Giyom Fori Airbus buyurtmalari bir necha oydan buyon kechikib kelayotganini tan oldi. Ammo kompaniya yuqori yetkazib berish sur’atlari hisobiga dunyodagi eng yirik samolyot ishlab chiqaruvchi maqomini saqlab qolishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xalqaro havo transporti assotsiatsiyasi 2026 yilda jahon aviakompaniyalari rekord darajada 41 milliard dollarlik sof foyda olishi mumkinligini ma’lum qilingandi.

Teglar

Mavzuga oid

Airbus bosh direktori: Boeing bu yil buyurtmalar bo‘yicha o‘zib ketishi mumkin | Vaqt.uz