add

Aleksandr Stubb: «Kreml Tramp bilan uchrashuvni bekor qilib, strategik xatoga yo‘l qo‘ydi»

Bugun 19:002371

Finlandiya prezidenti Kreml Budapeshtdagi imkoniyatni qo‘ldan boy berganini ta’kidladi. Unga ko‘ra, Tramp bilan uchrashuvning bekor qilinishi Rossiya uchun yo‘qotish bo‘lgan.

Aleksandr Stubb: «Kreml Tramp bilan uchrashuvni bekor qilib, strategik xatoga yo‘l qo‘ydi»

Finlandiya prezidenti Aleksandr Stubbning ta’kidlashicha, AQSH prezidenti Donald Tramp va Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘rtasida Budapeshtda bo‘lishi kerak bo‘lgan uchrashuvning bekor qilinishi Kreml uchun strategik xatoga aylandi. Bu haqda u Associated Press nashriga bergan интервюсиda ma’lum qildi.

Stubbning so‘zlariga ko‘ra, uchrashuv bekor qilinishi AQSH davlat kotibi Marko Rubio va Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov o‘rtasidagi telefon suhbatidan so‘ng qabul qilingan. Rubio bu muloqot davomida «Rossiya bir qadam ham chekinmagani»ni anglab yetgan va Trampni befoyda muzokaralarga majbur etmaslikni ma’qul ko‘rgan.

«Uchrashuvni bekor qilish Rossiya tomonining yana bir strategik xatosi bo‘ldi. Ularda imkoniyat bor edi, lekin ular uni boy berishdi», — dedi Finlandiya rahbari.

Stubb Tramp bilan aloqalar o‘rnatishda golf uning uchun eng qulay vosita bo‘lganini qo‘shimcha qildi. Uning fikricha, Tramp va Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy o‘rtasida munosabatlar keskin bo‘lsa-da, Yevropa yetakchilari ular o‘rtasida ko‘prik bo‘la oladi.

«Biz prezident Trampning fikrlarini Zelenskiyga, Zelenskiyning pozitsiyasini esa Trampga yetkazamiz», — dedi u.

Finlandiya prezidentining so‘zlariga ko‘ra, Putin bilan ochiq va to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqotni faqat bitta inson — Donald Tramp olib borishi mumkin. Shu bilan birga, u Yevropa Ittifoqi yaqin fursatda Putin bilan mustaqil aloqa o‘rnatish ehtimoli juda past ekanini qayd etdi.

Teglar

Mavzuga oid

Aleksandr Stubb: «Kreml Tramp bilan uchrashuvni bekor qilib, strategik xatoga yo‘l qo‘ydi» | Vaqt.uz