add

Amazon Italiyadagi soliq tergovini 180 mln yevroga yopdi — Reuters

Bugun 20:19631 daqiqa

Manbalarga ko‘ra, Amazon Italiya hukumati bilan soliqdan qochish va noqonuniy ishga yollash amaliyotlari bo‘yicha tekshiruvlarni tugatish bo‘yicha kelishuvga erishdi.

Amazon Italiyadagi soliq tergovini 180 mln yevroga yopdi — Reuters

Reuters xabar qilishicha, Amazon’ning Italiyadagi bo‘limlari soliq va mehnat qonunchiligini buzish ayblovlari yuzasidan tergovni yakunlash uchun kompensatsiya to‘lashga rozi bo‘ldi. Kompaniya yetkazib beruvchi xodimlar faoliyatini nazorat qiluvchi tizimni ham bekor qilishga majbur bo‘lgani ma’lum qilindi. Tekshiruvlar Amazon’ning soliq firibgarligi va noqonuniy mehnat amaliyotlariga aralashgani haqidagi ayblovlar fonida olib borilgan.

Tergov 2024 yil iyulida boshlanib, Amazon Logistics Italiya qonunlarini chetlab o‘tishda ayblangan edi. Prokurorlar kompaniya xodimlarni to‘g‘ridan to‘g‘ri ishga olmasdan, kooperativlar va mas’uliyati cheklangan jamiyatlar orqali ish yurgizganini, shu orqali QQS to‘lovlarini kamaytirib, ijtimoiy sug‘urta hissalarini to‘liq amalga oshirmaganini bildirgan. Tergov doirasida o‘shanda Milan prokuraturasi 121 million yevro mablag‘ni musodara qilgandi.

Manbalarning ma’lum qilishicha, Amazon Italiya soliq idoralariga 180 million yevro to‘lab, ishni yopish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Shu bilan kompaniya oxirgi ikki yilda shunday ayblovlar bo‘yicha kelishuv orqali tergovdan chiqqan 30 dan ziyod yirik korporatsiyalar qatoriga qo‘shildi.

Kompaniya o‘z bayonotida masala bo‘yicha mutasaddilar bilan pozitsiya aniqlashtirilganini, hamkor kooperativlar bilan ishlash tizimi yuqori standartlarga javob berishini ta’kidladi. Amazon, shuningdek, Italiya institutlari va manfaatdor tomonlar bilan hamkorlik sohada qonunlarga rioya etishni yaxshilaganini bildirdi.

Teglar

Mavzuga oid